Эксклюзив /

Radamel Falkao: Birinchi intervyu

«Manchester Yunayted» jamoasining yangi a’zosi Radamel Falkao jamoadagi dastlabki intervyusini MUTV telekanali korrespondenti Devid Stouellomga berdi.

Radamel «Manchester Yunayted» jamoasiga xush kelibsan! O‘zini qanday xis qilmoqdasan?

Katta rahmat! Bunday katta jamoaning bir qismi bo‘lganimdan juda xursandman. Men bunday holatni uzoq kutdim va endi men «Manchester Yunayted» a’zosiman.

Bunday uzun kunni yakuniga yetganidan xursandmisan, uzoq masofani bosib keldin va transfer shartlari bilan tanishib chiqdin?

Ha, albatta juda uzoq kun bo‘ldi. Bu oson bo‘lmadi. Biz so‘ngi daqiqalarga qadar kuttik, men hammasi yaxshi nihoyasiga yetishiga ishongan edim… Men juda xursandman!

Lui van Gal bilan hamkorlikda ishlashdan hayajonlanvosanmi?

Ha, juda ham! Van Gal – katta tajribaga ega ajoyib murabbiy. Murabbiy va muhlislarni quvontirish uchun men bor kuchimni sariflashga tayyorman.

Endi sen Premer Ligada to‘p surasan. Angliya futboli xaqida qanday fikirdasan?

Men doim Angliya chempionatida to‘p surishni orzu qilardim. Ko‘p bor aytganman Premer Liga –kuchli turnir va unda juda kuchli jamoalar ishtirok etadi, «Manchester Yunayted» esa Angliyadagi eng kuchli jamoa. Bu yerda barcha ideal holatda!

Jamoada ispan tilida so‘zlashuvchi bir qator o‘yinchilar bor, balki ular seni tezroq moslashishing uchun yordam berishar…

Ha, ishonamanki ular menga yordam berishadi. Ingliz tilini o‘rganib olgunimga qadar ular menga yordam berishadi degan umiddaman. O‘ylashimcha jamoada o‘zimni yaxshi xis qilishim uchun boshqalar ham menga ko‘mak berishadi.

Jamoa xaqida qanday fikirdasan, «Manchester Yunayted» jamoasida nimalar bor?

Jamoaga top- darajadagi futbolchilar yig‘ilgan. Jamoadaoshlarim bilan tezroq ko‘rishishni intizorlik bilan kutmoqdaman. Ishonch bilan aytamanki, ushbu mavsum biz uchun muvaffaqiyatli o‘tadi.

Jamoa muhlislari uchun tilaklarin?

Ha, ularning menga yuborgan ko‘plab xabarlari uchun katta rahmat, ularni barchasini o‘qib chiqdim. Ishonamanki, biz ularga quvonch, ko‘plab gollar va yangi mukofat xadya qilamiz.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.