Янгиликлар /

Ronald Kuman: Lui bu Lui

Мақола нашр қилинди

«Sauthempton» jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘z vatandoshi Lui van Galning «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiligidan iste’foga chiqarilishiga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Men van Gal, Mourino va «MYu» bilan bog‘liq jarayonni kuzatib bordim. Hamisha gazetalarda Mourino va «Yunayted» haqida o‘qidim.

Agar Luiga Angliya Kubogi finaliga qadar iste’foga chiqarilishi haqida ma’lum qilishmagan bo‘lsa, «MYu» unga qilgan munosabati tufayli Kubok uchun haqli bo‘lmaganini aytishim mumkin.

Agar futbol biznesida ozgina narsani tushunsangiz, siz bilasizki bunday kelishuvga bir kechada erishilmaydi. Keyingi bir necha oy davomida Lui katta bosim ostida ishladi, lekin men u bu bosimni qanday yengib o‘tganini ko‘rib, hayratga tushgandim.

Albatta, unda OAV bilan munosabatlar yaxshi kechmadi. Men unga aytgandim: «Lui, sen ular bilan boshqacharoq munosabatda bo‘lishing kerak». Lekin Lui bu Lui.

O‘ylaymanki, u Angliya Kubogida g‘olib bo‘lish orqali katta ish qilgandi, hatto shunday bosim ostida ishlay turib ham», – deydi Kuman.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.