Янгиликлар /

Mourino: Zlatan «Yunayted»ga juda mos keladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haqida iliq fikr bildirdi.

«Men Zlatanni «Inter»da ishlagan vaqtlarimdan buyon yaxshi bilaman. Menimcha uning haqiqiy yoshi pasportidagiga qaraganda ancha yoshroq. U yerda shunchaki tug‘ilgan vaqti ko‘rsatilgan. Haqiqiy yosh — jismonan, aqlan va ishga bo‘lgan munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Ibrahimovich bu borada hali ancha yosh va ajoyib jismoniy tayyorgarlikka ega».

«U futboldan tashqari boshqa sport turlari bilan ham shug‘ullangan holda ulg‘aydi. Ayniqsa bu holat jangari yakkakurashlarga juda bog‘liq. U hech bir futbolchiga o‘xshamagan jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka ega. Zlatan juda boy. U butun faoliyati davomida katta pul ishlagan va ko‘p sovrinlar yutib olgan. Siz faqat shunga kuchingiz yetishiga ishongan taqdirda dunyoning eng kuchli chempionatiga o‘tishingiz mumkin. Aks holda Amerika yo Xitoyga ketgan bo‘lardingiz. Yoki Fransiyada yana bir mavsum o‘tkazish mumkin. Ibrahimovich esa yangi sinovlarni ma’qul ko‘rdi».

«U hali Angliyada g‘alabalarga erishganicha yo‘q. Bu unga katta ishtiyoq bag‘ishlaydi. Yakshanba kuni Zlatan individual tayyorgarlikni boshlaydi. Payshanba kuni umumiy guruhda mashg‘ulot o‘taydi. Unda besh kun vaqt bor. Menimcha Zlatan «Manchester Yunayted»ga juda mos keladi», — deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.