Янгиликлар /

Ibrahimovich rekordni yangilashi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich mavsumni juda yaxshi boshladi. U mankunianliklarning uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotgan rekordini yangilashi mumkin.

Shvesiyalik futbolchi «MYu»ning mavsumdagi dastlabki 3ta rasmiy o‘yinida («Lester», «Bornmut» va «Sautgempton»ga qarshi) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

APLning 3-turi doirasida «Xall Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda Ibra darvozani ishg‘ol qilsa, u «Yunayted» forvardi Jimmi Xensonning natijasini takrorlashi mumkin.

«Qizil iblislar»ning ushbu futbolchisi 1924/25 va 1925/26 yilgi mavsumlarning dastlabki 4ta o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘lgan. O‘shandan beri bu natijani hali hech kim takrorlamagandi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.