Янгиликлар /

Lingard: Zlatan jamoani ortidan ergashtira oladi

Мақола нашр қилинди

«Zarya» jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin Jessi Lingard jamoadoshi Zlatan Ibragimovich borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«U jamoaning maydondagi haqiqiy yetakchisi. Ayniqsa jamoa sardori maydonga tushmagan vaqtda, Zlatan jamoani ortidan ergashtira oladi. Yoshlar undan na’muna olishadi. Biz uning faoliyatidagi erishgan yutuqlarini yaxshi bilamiz, u «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida ham yutuqlarga erishmoqchi».

«Zlatan doimo yosh futbolchilarga yordam beradi. U menga Markus, Pol Pogba va Tim Fosu-Mensaga ko‘p narsa o‘rgatadi. U jamoada qiyin vaziyatlarda bizlarni ko‘p marotaba qo‘llab quvatlagan».

Jessi shuningdek jamoa sardori Ueyn Runi borasida ham to‘htalib o‘tdi.

«Ueyn – yuqori darajadagi professional, top-o‘yinch. U «Manchester Yunayted» bilan ko‘plab yutuqlarga erishgan va uning oldida yana bir qator yaxshi mavsumlar turibdi. «Lester» ga qarshi uchrashuvda murabbiy jamoada o‘zgarishlar qildi, va bu jamoaga o‘ziga xos dinamika berdi hamda yakunda g‘alaba qozondik».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.