Янгиликлар /

Pogba: Bu munosib hurmat

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Pol Pogba «Fenerbaxche»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Fransiyalik futbolchi ushbu o‘yinda dublga erishdi va ulardan birini penaltidan urdi.

«Bu muhim o‘yin bo‘ldi. Biz g‘alaba qozonishni istadik va guruh peshqadamiga aylandik. Navbatdagi o‘yinni intizorlik bilan kutamiz.

Penalti paytida Runidan uni menga berishini so‘radim. 11 metrli jarima zarba yo‘llash huquqini u menga berdi. Bu munosib hurmat. Bundan xursandman va unga minnatdorchilik bildiraman.

O‘zimni jamoada yaxshi his qilyapman. Mavsum endi boshlandi va hali uzoq yo‘lni bosib o‘tishimiz kerak. «MYu» futbolchilari eng yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va hamisha yuqorida bo‘lishni istashadi», — deydi Pogba.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.