Янгиликлар /

Fergyusson: Ronaldu ideal inson

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusson «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu borasida o‘zining iliq fikrlarini bildirdi.

«Ronaldu – o‘rnak bo‘la oladigan ideal inson. U o‘zini o‘zi shu darajaga olib chiqdi. Ko‘plab murabbiylar birorta futbolchini yuqoriga olib chiqqanini aytishlari mumkin, ammo Ronaldu barchasiga o‘zi erishdi.

Biz faqat unga muvaffaqiyatga erishishi uchun vosita va maydon berdik. Uning mashg‘ulotga munosabati hayratlanarli  edi. U fantastik darajadagi futbolchi.

«Manchester Yunayted»da fantastik darajadagi futbolchilar ko‘p bo‘lgan. Skoulz, Giggz, Kantona… Ammo Ronaldu barchasidan ham ajralib turadi», — deydi Fergyusson The Sun nashriga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.