Янгиликлар /

Mxitaryan Mourinodan norozi

Мақола нашр қилинди

Yozda «Borussiyadan» katta pullar evaziga xarid qilingan «MYu» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan bosh murabbiy Joze Mourinodan norozi ekanini bildirdi.

«Boshqacha murabbiy» Genrixni Yevropa ligasi doirasidagi «Fenerbahche»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmagandi.

The Times nashri bergan xabarga ko‘ra, Mxitaryan «Fenerbahche» bilan o‘yinda maydonga tushish uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rgan. Ammo bosh murabbiy unga shoshilmaslikni, jarohatini yaxshilab tuzatib olishni maslahat berdi. Bu esa futbolchining noroziligiga sabab bo‘ldi. Genrix Mxitaryan ancha vaqtdan beri maydonga tushmayapti.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.