Янгиликлар /

Jamoa o'yinga tayyor

Мақола нашр қилинди

Zlatan Ibragimovich va Markos Roxo asosiy tarkib bilan birgalikda «Lauri» mehmonxonasiga tashrif buyurdi. Jamoa domiy tarzda o‘z maydonida o‘tkaziladigan uchrashvdan oldin ushubu mehmonxonada yig‘ilishadi. «Liverpul» ga qarshi uchrashvdan oldin ham xuddi shunday bo‘ldi. Avvalroq Joze Mourino aytib o‘tgnidek Zlatan va Markos jarohatdan qutilishgan va jamoaga yordam berishga shay.

Manchester Evening News nashr xabar berishcha mehmonxonaga jamoa bilan Maruan Fellayni va Lyuk Shou tashrif buyurmagan. Belgiyalik futbolchisafga kechroq qo‘shilishi kutilmoqda.

«Manchester Yunayted» bilan «Lauri» ga tashrif buyurgan tarkib quyidagicha: David De Xea, Serxio Romero, Matteo Darmian, Antonio Valensiya, Fil Jons, Kris Smolling, Markos Roxo, Maykl Karrik, Pol Pogba, Ander Errera, Djessi Lingard, Xuan Mata, Eshli Yang, Genrix Mxitaryan, Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, Antoni Marsyal, Markus Reshford.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.