Янгиликлар /

Mourino: «MYu» hujum qildi, «Liverpul» himoyalandi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino APL 21-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (1:1) qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ushbu uchrashuv juda qiziqarli bo‘ldi, hatto neytral muxlislar uchun ham. Shunday bo‘lsada, men bu o‘yinni oliy darajadagi futbol deb atamagan bo‘lardim. Biz so‘nggi soniyalargacha kurashdik. Raqib aqlli o‘yin namoyish qildi, ular futbolni qanday o‘ynash kerakligi va hissiyotlarni jilovlay olishni biladilar. So‘nggi daqiqalar qiyin kechishini, raqib bilar edi».

««MYu» hujum qildi, «Liverpul» esa himoyalandi. Ko‘ramiz, ushbu uchrashuvdan so‘ng tanqid kim tomon bo‘larkin. Menga «MYu»ning o‘yini yoqdi, ammo natijadan qoniqmadim», — deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.