Янгиликлар /

Nevill: Pogba biroz asabiylashdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Gari Nevill mankunianliklar yarim himoyachisi Pol Pogbani himoya qilib chiqish qildi. Eslatib o‘tamiz, Pogba «Liverpul»ga qarshi kechgan o‘yinda juda muvaffaqiyatsiz harakat qilgan edi.

 «Pol bu klubga kelganida hali bolakay edi va bunday uchrashuvlar klub hamda muxlislar uchun qanday ahamiyat kasb etishini yaxshi biladi. Aftidan u o‘zini tayyorlash bo‘yicha biroz oshirib yuborgan va biroz asabiylashdi. Bunaqasi uchrab turadi».

 «Menda ham shunga o‘xshash holatlar bo‘lgan. Boshqa futbolchilarda ham uchragan».

 «Pol — yosh yigit, u hali o‘rganishda davom etmoqda. «Liverpul»ga qarshi kechgan o‘yin uning uchun dars bo‘ladi», — deydi Nevill.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.