Янгиликлар /

Skoulz: Mourino to'g'ri tanlov

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoada Joze Mourinodan avvalroq faoliyat olib borgan Lui van Gaal haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Polning so‘zlariga ko‘ra, gollandiyalik murabbiy Lui van Gaalning o‘yin uslubi shunchaki «qizil iblislar» futbolchilariga to‘g‘ri kelmagan.

«Van Gaal haqida yomon fikr bildira olmayman, bunga sabab u juda ham aqlli murabbiy, lekin uning o‘yin uslubi shunchaki «Manchester Yunayted» futbolchilariga to‘g‘ri kelmadi».

«Lui o‘z shogirdlariga maydonda faqat to‘pni nazorat qilib turishni o‘rgatdi, lekin bu holat «Manchester Yunayted» muxlislariga yoqmagani ko‘rinib turardi».

«Van Gaal bu g‘oyani o‘z miyasidan o‘chirib tashlashni unutib qo‘ygandek edi go‘yo. Muxlislar o‘z jamoasini ko‘plab gol urishini istashadi, faqat to‘pni nazorat qilish bilan esa natijaga erishish qiyin».

«Uning o‘rnini tajribali Joze Mourino egalladi va u jamoa muxlislari «Manchester Yunayted»dan o‘zgacha o‘yin uslubi kutishayotganini tushunib yetdi».

«Joze jamoani qo‘lga olishi bilan «Manchester Yunayted» ko‘plab gollar urishni boshladi, birin-ketin ochkolar qo‘lga kiritilmoqda»

«Albatta, «MYU» murabbiyni alishtirib to‘g‘ri ish qildi, deb o‘ylayman», — deydi Pol Skoulz Daily Mail nashriga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.