Янгиликлар /

Mourino: Angliya Kubogini hurmat qilaman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Bekbern Rovers» ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya Kubogi 1/8 final uchrashuvidan oldin turnir g‘olibligi uchun kurashishini aytdi.

«Angliya Kubogidan chiqib ketmayman. Agar MYU mag‘lub bo‘lsa, bu faqat raqib kuchliligi tufayli bo‘lishi mumkin. Bu turnirni hurmat qilaman, MYUda har bir o‘yinga jiddiy e’tibor berishadi».

««Chelsi» bilan birinchi va xatto ikkinchi liga jamoalariga mag‘lub bo‘lganmiz, ammo hech qachon turnirdan shunchaki chiqib ketmaganman. Biz yomon o‘ynaganimiz uchun shunday bo‘lgan. Shu sababli har qanday turnirda doimo jiddiy e’tibor qilishga intilaman. Menga «Uembli» yoqadi, Angliya Kubogini ikkinchi marotaba qo‘lga kiritmoqchiman», — deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.