Янгиликлар /

Mourino: Barcha Runi qolishini istaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Ueyn Runi mavsumni jamoada yakunlashiga kafolat bera olmasligini aytib o'tdi. Bundan oldingi kunlarda fevral oyi oxirigacha ushbu 31 yoshli futbolchi Xitoy klublaridan biriga o'tishi mumkinligi aytilgandi.

«Siz buni uning o'zidan so'rang. Men uning qolishiga kafolat bera olmayman. Men qanday qilib u keyingi mavsumda ham shu yerda bo'lishiga kafolat berishim mumkin?».

«Agar u klubni tark yetsa, bu men uning ketishini istaganim uchun bo'lmaydi. Men hech qachon bu klub afsonasiga bosim o'tkazmaganman».

«Siz buni uning o'zidan so'rashingiz kerak, men esa uning ketishini istamayman», — deya portugaliyalik murabbiyning so'zlarini keltirgan Mirror.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.