Янгиликлар /

Marsyal: Men jamoani yaxshi ko‘raman

Мақола нашр қилинди

Antoni Marsyal «Sent-Etyen» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin jurnalistlar bilan muloqatda bo‘ldi va «Manchester Yunayted» ni yaxshi ko‘rishini hamda bu yerda uzoq muddat to‘p surish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.

«Men bu jamoani yaxshi ko‘raman. Men «Manchester Yunayted» hamda bizning muhlislarni juda yaxshi ko‘raman va men bu yerda shunday qo‘llab quvatlashlaridan baxtliman. Mening o‘yinimdan xursand bo‘ladigan muhlislarim uchun barcha narsaga tayyorman. Shunday ekan bir narsani aniq ayta olaman bu yerda yana uzoq muddat to‘p suroqchiman».

«O‘tgan mavum men ko‘proq o‘yinda ishtirok etgan edim. Menda ketma-ket bir qator uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyati bo‘lgan edi, endilikda esao‘z vaqtimni kutmoqdaman, va maydonga tushgan vaqtimni qadirlashga o‘rgandim. Bizda yaxshi jamoa bor, va murabbiy har bir uchrashuvda jiddiy o‘ziga hos tarkibni tushiraishga intiladi. Biz unga kerak paytda tayyor bo‘lishimiz kerak».

«Men qattiq va jiddiy tarzda ish olib boryapman. Men ajoyib o‘yinchilar orasidaman va bu menga har bir mashg‘ulotda nimadir o‘rganishim uchun yordam bermoqda. Men konsentratsiyani yoqotmasdan, bor kuchim bilan ishlashga harakat qilaman va ishonamanki kelasi mavsum bundanda a’lo tarzda o‘tadi».

«Men dastlab markaziy hujumchi sifatida faoliyatimni boshlaganman, «Monako» da xatto vinger o‘rnida ham o‘ynaganman va bu men uchun yangilik emas. Shunday ekan, maydonga tushganimda barchasida o‘zimni erkin his qilaman. Men uchun muhimi –o‘yin amaliyoti».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.