Янгиликлар /

TOUR-2017 jadvali aniq bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» jamoasi rasmiy sayti AQSH da o‘tadigan TOUR-2017 doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra jamoa AQSh da 5 uchrashuvda maydonga tushadi.

«Manchester Yunayted» turne doirasidagi ikki uchrashuvni MLS jamoalariga qarshi o‘tkazadi. Dastlabki uchrashuv 2017 yil 15 iyulda «Stabxab Senter» stadionida «Los Andjeles Gelaksi» jamoasiga qarshi o‘tkazadi, 17 iyul kuni esa «Rio Tinto» stadionida «Real Solt-Leyk» jamoasi bilan bellashadi.

20 iyul kuni esa «Manchester Yunayted» Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasidagi ishtirokini boshlaydi va «Manchester Siti» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.  Uchrashuv bo‘lib o‘tadigan stadion esa keyinroq e’lon qilinadi.

23 iyul yakshanba kuni Joze Mourino shogirdlari Santa-Klaradagi «Levi» stadionida  «Real Madrid» jamoasiga qarshi o‘tkzadi.

Turne so‘ngidagi uchrashuv esa 26 iyul kuni AQSH poytaxti Vashingtonda bo‘lib o‘tadi, va «FedEks» stadionida «Barselon» bilan kuch sinashadi.

«Manchester Yunayted» ushbu musobaqada ketma-ket to‘rtinchi bor ishtirok etib kelmoqda va 10 uchrashuvda maydonga tushib 7 tasida g‘alaba qozonga. Jamoaning o‘yinlariga umumiy hisobda 600 000 da ziyod muhlis tashrif buyurgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.