Янгиликлар /

Grizmann «Yunayted»ga o‘tishga juda yaqin

Мақола нашр қилинди

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann «Manchester Yunayted»ga o‘tishga juda yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Manchester Evening News.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi a’zosining transferi tez orada so‘nggi bosqichga kiradi va ijobiy hal qilinadi. Agar Grizmann mankunianlar safini to‘ldirsa, ispan klubi uning transferidan taxminan 100 mln. yevro ishlab topadi. 

Ingliz klubi bosh murabbiyi Joze Mourino bir necha oylardan buyon jamoaning yozgi transferlar vaqtida asosiy maqsadi Antuan Grizmanni jamoaga olib kelish ekani haqida gapirib keladi. 

Ispaniya chempionatining ortda qolgan 28 uchrashuvidan keyin Grizmann 27 uchrashuvda ishtirok etib, 14ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.