Янгиликлар /

Fellayni 2019 yilga qadar qolishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino yarim himoyachi Maruan Fellaynini tarkibda saqlab qolishni istamoqda. Eslatib o‘tamiz, mavsum oxirida klubdan Maykl Kerrik va Ueyn Runi ketishi kutilyapti.

Xabar qilinishicha, Joze Mourino klub vitse prezidenti Ed Vudvord bilan gaplashib, Fellayniga 2019 yilning iyuniga qadar davom etadigan yangi shartnoma taklif etishga ko‘ndirmoqchi. Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli yarim himoyachi yanvarda 2018 yilga qadar davom etadigan shartnomaga imzo chekkan edi.

Ammo Mourino Fellayni «MYu»da yana bir yil ko‘proq o‘ynashini istamoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.