Янгиликлар /

Mxitaryan: Maqsad Evropa ligasida g‘olib chiqish

Мақола нашр қилинди

Genrix Mxitaryan jamoasining Yevropa ligasi chorak finalidagi raqibi «Anderlext» haqida to‘xtaldi.

«Evropa ligasida g‘olib chiqish — ushbu mavsumdagi maqsadlarimdan biri. Albatta, bu oson bo‘lmasligini tushunib turibman. Ammo musobaqaning ushbu bosqichida oson jamoaning o‘zi yo‘q. Biz «Anderlext»ga qarshi muhim o‘yin o‘tkazishimizni his etib turibmiz».

«Bu jamoa bilan ikkita keskin bahsni o‘tkazamiz. Ayrimlar biz «Anderlext»ni osonlik bilan engamiz, deb o‘ylayotganligini bilaman. Ammo unday emas. Men ushbu jamoaning Yevropa maydonlaridagi o‘yinlarini ko‘rib chiqdim. Bu jamoada juda yaxshi  futbolchilar to‘plangan», —  deydi Mxitaryan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.