Янгиликлар /

«Yunayted» «Real» dan o‘tib ketadi

Мақола нашр қилинди

Deloitte xalqaro auditorlik kompaniyasining tahminlariga ko‘ra kelasi yilda «Manchester Yunayted» jamoasi  «Real Madrid» ning 12 yillik gegemonligiga chek qo‘yib eng boy futbol jamoasi reytingida birinchi o‘ringa chiqib oladi.

Deloitte Football Money League bergan hisobot natijalariga ko‘ra «Yunayted» ro‘yxatda xozircha Ispaniyaning ikki jamoasi «Real» va «Barselona» dan so‘ng uchinchi  o‘rinda qayd qilingan.

««Manchester Yunayted» «Real» jamoasiga kelasi mavsumdan va yaqin yillarda taqib qilishi kutilmoqda», — deydi Deloitte  kompaniyasi hamkori Den Djons. – Bu jamoaning moliyaviy yutuqlari va Premer Ligadagi o‘yinlarini namoyish qilish bo‘yicha yangi shartnomaga asosan ro‘y berishi mumkin».

« Bu ko‘rsatkichlar «Yunayted» ning yana Chempionlar Ligasiga qaytishi, xatto guruhdan chiqa olishmagan taqdirda ham va Adidas kompaniyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik natijasidir. Kelasi yildajamoaning ko‘rsatkichlari 500 million funtga yetishi tahmin qilinmoqda».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.