Янгиликлар /

Skoulz: Ikki yildirki depressiyadaman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz «Fenerbaxche»ga qarshi kechgan o‘yindagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

«Bizda oxirgi uch yil juda og‘ir o‘tdi. Kelgusi uch yil ham shu tahlita o‘tishi hech gap emas».

««Manchester Yunayted» ayni vaqtdagi tarkib bilan chempion bo‘lishga qodir emas. Men mana ikki yildirki depressiyadaman. Premer-ligadan bizdan kuchliroq bo‘lgan kamida uchta jamoa bor».

«Murabbiy almashtirishda davom etaversak nima bo‘ladi? Joze Mourino ishga kelmasidan avval bu jamoa kuchliroq bo‘lganiin anglayotganmikan?».

«Bu jamoani bir yarim yoki ikki yildan so‘ng tanib bo‘lmay qoladi, agar Mourino kelgusi to‘rtta transfer mavsumida uni o‘zgartira olsa. Ko‘ramiz, mankunianliklar Liga Kubogi yoki Angliya Kubogida g‘alaba qozona olarmikanlar. Balki Yevropa ligasida yutishar», — deydi Skoulz.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.