Янгиликлар /

Reshford yo‘l transport xodisasiga yo‘liqdi

Мақола нашр қилинди

The Sun nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford 1-yanvar kuni yo‘l transport xodisasiga yo‘liqqan.

19-yoshli mashg‘ulotlardan uyga qaytayotgan vaqtda unga tegishli bo‘lgan Mercedes CLA 45 avtomobili orqa qismi bilan boshqa avtomobilga to‘qnashib ketgan.

Markus tezlikda «Manchester Yunayted» bazasiga yetkazilgan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va unda xech qanday jiddiy jarohat yo‘qligi aniqlangan. Futbolchi ertasi kuni  «Vest Xem» ga qarshi uchrashuv 58- daqqiqasida zahiradan maydonaga tushgan.

«Manchester Yunayted» vakillari ham ushbu vaziyatni jurnalistlarga tasdiqlashga va ularning aytishicha Markus bu xodisiga o‘zi sababchi bo‘lmagan. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.