Midtyulland — Yunayted

: Prevyu

«MIDTYULLAND» - «MANCHESTER YUNAYTED»

Payshanba, 18 fevral 2016 yil.

Yevropa Ligasi. 1/16 final. 1-o‘yin.

Stadion «Xerning Arena», Xerning.

Bosh hakam: Artur Dias (Portugaliya).

Boshlanish vaqti: 23:00 (O‘zb).

JAMOALAR HOLATI

«Mityulland»

Diskvalifikatsiya: Poulsen

Jarohat olganlar: Dalin.

So‘roq ostida: Andersson.

«Manchester Yunayted»

«Manchester Yunayted» Daniyaga 18 nafar futbolchi bilan yo‘l oldi.

Jarohat olganlar: Shou, Valensiya, Errera, Roxo, Darmian, Yanuzay, Shvayshtayger, Varela, Djons,Runi, Fellaini, Bortvik-Djekson.

AVVALGI UCHRASHUVLAR

Jamoalar o‘zaro Yevrokubklarda ilk bora to‘qnash kelishmoqda.

«Midtyulland» ingliz jamoalari bilan 4 bora to‘qnash kelgan– 2 g‘alab, 1 durang, 1 mag‘lubiyat. Bu jamoa Premer Liga vakili «Sautgempton» jamoasinin Yevropa Ligasi pley-off bosqichida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2-1 hisobida mag‘lub etgan.

«Manchester Yunayted» 6 bora Yevrokuboklarda Daniya jamoalari bilan to‘qnash kelgan -4 g‘alab, 1 durang, 1 mag‘lubiyat.

O‘ZARO ALOQALAR VA BOSHQA FAKTLAR

Manchester va Xerning shaharlari orasi 775 kilometrni tashkil qiladi.

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal, davrzabon Serxio Romero va «Midtyulland» yarim himoyachisi Yakob Poulsen 2013/14 mavsumda «Monako» safida birgalikda to‘p surishgan.

Deyli Blind va Peter Andersson esa birgalikda 2010 yilda «Groningen» safida birga o‘ynashgan.

«Midtyulland» ning xorvat futbolchisi Martin Pushich 2011/12 mavsumda Angliyada «Xall Siti» jamoasi safida to‘p surgan.

Agarda «Manchester Yunayted» Yevropa Ligasi sohibiga aylansa, Qita’aning uchta mukofotiga sazovor bo‘lgan beshinchi jamoa bo‘ladi, bungacha «Ayaks», «Bavariya», «Yuventus» va «Chelsi» ushbu unvonni qo‘lga kiritishgan.

JAMOA MURABBIYLARI

 «Midtyulland» murabbiyi Yess Torup futbolchi sifatida Germaniya va Avstriyada to‘p surgan. Murabbiy sifatida esa «Esberg» jamoasini Daniya Kubogida g‘olib qilgan, Daniya yoshlar terma jamoasini Yevro-2015 yarim final bosqichiga olib chiqqan. O‘tgan yili yozidan esa «Midyuland» bosh murabbiyi.

 «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal esa jamoani 2014 yilda qabul qilib olgan, murabbiy sifatida «Ayaks» jamoasi bilan UEFA Kubogi va Chempionlar Ligasi sohibi. Shuningdek, jamoalar bilan Gollandiya, Ispaniya va Germaniya chempioni. Gollandiya terma jamoasi bilan esa JCh-2014 da bronza medallarni qo‘lga kiritgan.

RAQIBLARNING O‘Z MILLIY CHEMPIONATLARDAGI SO‘NGI O‘YINLARI:

13.02.2016. «Midtyulland» - «Xorsens» 4:2 (Onuachu 3,Olsson 38, Kadles 64, Pushich 76 – Kreyger 74,90)

Chempionatdagi o‘rni: 3-o‘rin, 31 ochko.

13.02.2016. «Sanderlend» - «Manchester Yunayted» 2-1 (Xazri 3, De Xea 82 (avtogol) - Marsyal 39 )

«Manchester Yunayted»: De Xea, Smolling, Darmian (Lav, 37), Bortuik-Djekson, Blind, Shnayderlin (Kin, 86), Kerrik, Mata, Lingard (Depay, 62), Runi, Marsyal.

Chempionatdagi o‘rni: 5-o‘rin, 41 ochko.

331