Shrusberi taun — Manchester Yunayted

: Prevyu

«SHRUSBERI TAUN» - «MANCHESTER YUNAYTED»

Stadion: «Nyu Midou», Shrusberi.

Angliya Kubogi, 5-bosqich

Seshanba, 23 fevral 2016 yil

Boshlanish vaqti: 00:45 (O‘ZB).

JAMOALAR HOLATI

«Shrusberi Taun»

 «Shrusberi» yarim himoyachisi Larnell Koul jarohatdan so‘ng safga qaytgan. Jamoa bosh murabbiyi Mik Mellon so‘zlariga ko‘ra jamoa himoyachisi Djek Grimmer ham ushbu o‘yinda maydonga tushish uchun shay holatda .

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Uolles.

«Manchester Yunayted»

Yevropa Ligasida «Midtyulland» jamoasiga qarshi uchrashuv arafasida jarohat olgan David De Xeaning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi. Ispaniyalik darvozabon «Shrusberi» ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Jamoada jarohat olgan futbolchilar soni 14 nafarga yetgan, ular orasida jamoa sardori Ueyn Runi ham bor. Jamoaning yosh himoyachisi Lav ham ushbu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. U mavsum boshida «Uigan» jamoasida ijaras asosida tщp surgan vaqtida ushbu musobaqada ishtirok etgan edi.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q

Jarohat olganlar:  Shou,  A. Valensiya, Roxo, Darmian, Djons, Varela, Yang, Shvaynshtayger, De Xea, Bortvik –Djekson, Yanuzay, Runi, Fellaini.

Lav (zaigran v Kubke Anglii za "Uigan")

JAMOA FORMALARI

«Shrusberi Taun»

21-o‘rin, 33 ochko (Birinchi Liga).

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): G‘-M-G‘-M-D-G‘.

Mehmonda «Blekpul» ustidan 2-3 hisobida g‘alaba qozongan jamoa Birinchi Ligada 33 ochko jamg‘argan holda 21-o‘rinda bormoqda.

«Shrusberi Taun» o‘z uyida o‘tkazgan so‘ngi to‘rtta uchrashuvdan 3 tasida mag‘lub bo‘lgan. Faqatgina Angliya Kubogining 4-bosqichida «Sheffild Uensdey» ustidan g‘alaba qozongan holos.

«Manchester Yunayted»

5-o‘rin, 41 ochko. (Premer Liga).

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): M-G‘-G‘-D-M-M.

Jamoa APL da «Sanderlend» dan uchralgan 2-1 hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng 41 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

«Manchester Yunayted»  barcha musobaqalarda o‘tkazgan so‘ngi 18 uchrashuvning faqatgina 5 tasida g‘alaba qozongan holos (5 g‘alaba, 6 durang, 7 mag‘lubiyat), shulardan ikkitasi Angliya Kubogi doirasida «Sheffild Yunayted» va «Derbi Kaunti» ga qarshi kechgan uchrashuvlar.

Angliya Kubogi

Jamoa ushbu musobaqada 11 bor g‘olib bo‘lgan ( bu «Arsenal» jamoasidan keyingi ikkinchi ko‘rsatgich, ular hisobida 12 ta), so‘ngi bor 2004 yilda «Millenium» da «Milluoll» ustida 3-0 hisobida g‘alaba qozonib musobaqa g‘olibiga aylangan edi.

Yetti bora finalda mag‘lub bo‘lgan, so‘ngi bor 2007 yilda «Chelsi» jamoasiga 1-0 hisobda.

O‘tgan mavsumda esa 6-bosqichda o‘z maydonida «Arsenal» jamoasiga 1-2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Bu yilgi 3-bosqichda esa jamoa o‘z maydonida «Sheffild Yunayted» ustidan 1-0 hisobida g‘alaba qozondi, yagona golni Ueyn Runi penaltidan kiritgan. 4-bosqichda esa «Derbi Kaunti» maydonidan 1-3 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

«Manchester Yunayted» Angliya Kubogi musobaqasida quyi liga vakillariga qarshi o‘tkazshgan so‘ngi 44 uchrashuvdan faqatgina 1 tasida uchrashuvni boy bergan - 37 g‘alaba, 7 durang, 1 mag‘lubiyat. Ushbu mag‘lubiyat 2010 yil yanvarida ro‘y bergan o‘shanda «Lids» jamoasi 0-1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

«Qizil iblislar» Angliya Kubogining 5-bosqichi doirasida o‘tkazgan so‘ngi 6 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.

SHAHSIY REKORDLAR

«Shrusberi Taun»

Jamoa to‘purari: Nayt-Persival- 4 gol (Birinchi Ligada).

Agarda Larnell Koulda o‘zining faoliyatini boshlagan jamoaga qarshi maydonga tushish imkoniyati bor  .

«Manchester Yunayted»»

Jamoa to‘purari:  Runi- 14 gol (7 tasi APLda).

O‘ZARO TO‘QNASHUVLAR

Jamoalar rasmiy musobaqalarda o‘zaro birinchi bor to‘qnash kelishmoqda.

HAKAMLAR BRIGADASI:

BOSH HAKAM: Robert Medli (Zapadnыy Yorkshir).

Ushbu mavsumda barcha turnirlarda 23 uchrashuv. 66 ta sariq va 4 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

QANOT HAKAMLARI:  Stiv Chayld, Styuart Bart.

ZAHIRA HAKAMI: Nil Suorbrik.

334