Yunayted — Midtyulland

: Prevyu

«MANCHESTER YUNAYTED» - «MIDTYULLAND»

Juma, 26fevral 2016 yil.

Yevropa Ligasi. 1/16 final. 2-uchrashuv.

Stadion «Old Trafford», Manchester.

Bosh hakam: Ishtvan Vod (Vengriya).

Boshlanish vaqti: 01:05 (O‘zb).

JAMOALAR HOLATI

«Manchester Yunayted»

O‘yindan oldingi matbuot anjumanida Lui van Gaal darvozabon David De Xea maydonga tusha olmasligini tasdiqladi. Uzoq muddatli jarohatdan qutilgan himoyachi Markos Roxo zahira o‘rindig‘idan joy olishi mumkin, Antonio Valensiya ham tez orada safga qatish arafasida. Shuningdek Darmian ham yakka tartibda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda, lekin maydonga qachon qaytishi so‘roq ostida. 

Diskvalifikatsiya: Yo‘q

Jarohat olganlar: Shou, Valensiya, U. Kin, Yang, Darmian, Shvayshtayger, Runi, De Xea , Lingard, Bortvik-Djekson, Djons, Fellaini.

So‘roq ostida: Roxo

«Midtyulland»

Diskvalifikatsiya: Yo‘q

Jarohat olganlar: Dalin

So‘roq ostida: Andersson

AVVALGI UCHRASHUVLAR

2016 yil 18 fevralda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda Pione Sisto va Pol Onuachu tomonidan kiritilgan gol daniya jamoasiga g‘alaba keltirgan edi, «qizil iblislar» dan esa Memfis Depay gol urgan edi.

Ushbu bahs «Manchester Yunayted» uchun Daniya jamoalari bilan Yevrokuboklardagi 7 uchrashuv -4 g‘alab, 1 durang, 2 mag‘lubiyat.

«Midtyulland» ingliz jamoalari bilan 5 bora to‘qnash kelgan– 3 g‘alab, 1 durang, 1 mag‘lubiyat. Bu jamoa Premer Liga vakili «Sautgempton» jamoasinin Yevropa Ligasi  pley-off bosqichida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2-1 hisobida mag‘lub etgan.

Daniya jamoasi 2008/09 mavsumda UEFA kubogi doirasida Manchesterega tashrif buyurib «Manchester Siti» jamoasi ustidan 0-1 hisobida g‘alaba qozongan edi, javob uchrashuvida esa «Siti» xuddi shu hisobda g‘alabaga erishgan. Penaltilar seriyasida esa 4-2 hisobida «Siti» ning qo‘li ustun kelgan .

JAMOALAR HAQIDA FAKTLAR

«Manchester Yunayted»

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida o‘tkazgan yevrokubklarning so‘ngi 9-o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan (7 g‘alaba, 2 durang). So‘ngi bor o‘z maydonida 2012/13 mavsum Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida «Real» jamoasiga 2-1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Yevropa Ligasidagi o‘z maydonidagi so‘ngi mag‘lubiyat esa 2012 yil mart oyida Bilbaoning «Atletiko» jamoasidan qabul qilingan (3-2).

«Manchester Yunayted» so‘ngi bor Yevropa Ligasida 2011/12 mavsumda ishtirok etgan. O‘shanda 1/8 final bosqichida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Atletiko» Bilbao dan – 2-3 va 2-1 mag‘lub bo‘lib turnirni tark etgan. Yevropa Ligasi (UEFA Kubogi) musobaqasi jamoaning yevropakuboklardagi qo‘lga kiritmagan yagona turniri. Ushbu turnirdagi eng yaxshi ko‘rsatkich chorak final va bu 1984/85 yilgi mavsumda qayd etilgan.

«Midtyulland»

«Midtyulland» Yevrokuboklardagi mehmonda o‘tkazgan so‘ngi ikki uchrashuvda g‘alaba qozona olmagan. O‘z davrozasidan 6 ta to‘p o‘tkazib, raqib davrozasini biror martta ham ishg‘ol qilmagan.

O‘ZARO ALOQALAR VA BOSHQA FAKTLAR

Manchester va Xerning shaharlari orasi 775 kilometrni tashkil qiladi.

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal, davrzabon Serxio Romero va «Midtyulland» yarim himoyachisi Yakob Poulsen 2013/14 mavsumda «Monako» safida birgalikda to‘p surishgan.

Deyli Blind va Peter Andersson esa birgalikda 2010 yilda «Groningen» safida birga o‘ynashgan.

«Midtyulland» davrozaboni Mikkel Andersen bir necha yil avval Angliyaning quyi ligasi jamoalari safida to‘p surgan .

«Midtyulland» ning xorvat futbolchisi Martin Pushich 2011/12 mavsumda Angliyada «Xall Siti» jamoasi safida to‘p surgan.

Agarda «Manchester Yunayted» Yevropa Ligasi sohibiga aylansa, Qita’aning uchta mukofotiga sazovor bo‘lgan beshinchi jamoa bo‘ladi, bungacha «Ayaks», «Bavariya», «Yuventus» va «Chelsi» ushbu unvonni qo‘lga kiritishgan.

JAMOA MURABBIYLARI

«Midtyulland» murabbiyi Yess Torup futbolchi sifatida Germaniya va Avstriyada to‘p surgan. Murabbiy sifatida esa «Esberg» jamoasini Daniya Kubogida g‘olib qilgan, Daniya yoshlar terma jamoasini Yevro-2015 yarim final bosqichiga olib chiqqan. O‘tgan yili yozidan esa «Midyuland» bosh murabbiyi.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal  esa jamoani 2014 yilda qabul qilib olgan, murabbiy sifatida «Ayaks» jamoasi bilan UEFA Kubogi va Chempionlar Ligasi sohibi. Shuningdek, jamoalar bilan Gollandiya, Ispaniya va Germaniya chempioni. Gollandiya terma jamoasi bilan esa JCh-2014 da bronza medallarni qo‘lga kiritgan.

JAMOALARNING YEVROKUBOKLARDAGI SO‘NGI PENALTILAR SERIYASI:

«Manchester Yunayted»

«Manchester Yunayted» Yevrokuboklar doirasidagi so‘ngi 3 ta penaltilar seriyasida: 1 ta g‘alba , 2 ta mag‘lubiyat.

Mag‘lubiyat:

5-4 mehmonda «Videotona» (Vengriya) – 1984/85 mavsum UEFA Kubogi choraka final.

4-3 mehmonda «Torpedo» (Moskva) – 1992/93 mavsum UEFA Kubogi birinchi bosqich.

G‘alba:

6-5 neytral maydon «Chelsi» (London) – 2007/08 mavsum Chempionlar Ligasi final.

«Midtyulland»

«Midtyulland» yevrokuboklarda bir marotaba o‘yindan keyingi penaltida ishtirok etgan.

2-4 uyda «Manchester Siti»  - 2008/09 mavsum UEFA Kubogi ikkinchi kvalifikatsionbosqich.

469