Yunayted — Uotford

: Prevyu

«MANCHESTER YUNAYTED» - «UOTFORD»

Stadion «Old Trafford», Manchester.

Premer Liga, 28-tur.

Payshanba, 3 mart 2016 yil

Boshlanish vaqti: 01:00 (O’zb).

JAMOALAR HOLATI

«Manchester Yunayted»

Kris Smolling, Matteo Darmian va Antoni Marsyal jarohatdan qutilib safga qaytishga yaqin. Bu haqida o‘yindan oldingi matbuot anjumanida Lui van Gal ma’lum qildi. «Arsenal» ga qarshi uchrashuvda oyog‘idan zarba qabul chilgan Markos Roxo maydonga tushishi mumkin. Valensiya va Fellaini ham safga qatishga yaqin turishibti lekin «Uotford» ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olishmaydi.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q

Jarohat olganlar: Shou,  A. Valensiya, Jons, Runi, Shvaynshtayger, Yang, U. Kin, Bortvik-Jekson, Fellaini, Lav.

Manchester United (tarkib): De Хea, Romero, Darmian, Riley, Roхo, Varela, Blind, Smоlling, Poole, McNair, Fosu-Mensah, Shneiderlin, Errera, Кarrik, Lingard, Yanuzay, Veir, A Pereira, Mata, Depay, Mastial, Reshford.

«Uotford»

 «Uotford» bosh murabbiyi Kike Sanches Flores jamoasida yangi jarohat olgan futbolchtlar yo‘q. Yarim himoyachi Eten Kapu charchaganligi bois unga dam berilishi mumkin. Jarohat olgan futbolchilar Xose Manuel Xurado, Yoel Ekstrand va Marin esa uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Ekstrand, Jurado, Marin.

Uotford (tarkib): Gomes, Pantilimon, Britos, Kathcart, Paredes, Holebas, Behrami, Kapoue, Uatson, Ighalo, Dini, Abdi, Nyom, Amrabat, Anya, Prodl, Guedioura, Suarez.

JAMOA FORMALARI

«Manchester Yunayted»

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): D-M-M-G’-G’-G’.

5-o‘rin, 44 ochko.

«Qizil iblislar» barcha musobaqalardagi so‘ngi 3 uchrashuvda raqib darvozasini 11 bor ishg‘ol qilishdi.

Premer Liga doirasida «Old Trafford»da urilgan 18 golning 6 tasini jamoa so‘ngi «Stok Siti» va «Arsenal» qarshi uchrashuvda urgan.

Lui van Gal boshchiligidagi jamoa Premer Liga uchrashuvlaridi ushbu mavsumda ilk bor   21 noyabr 2015 yilda ikki uchrashuvda ketma ket g‘alaba qozongan, «Vest Brom» va «Uotford» jamoalari ustidan.

Faqatgina «Manchester Yunayted» ushbu mavsumda Premer Ligada golsiz durang qayd etish bo‘yicha yetakchi (5 ta), «Uotford» da esa (4 ta).

27-turgacha kelib ushbu mavsumda «Yunayted» 33 futbolchidan foydalanilgan – APLdagi barcha jamoalarnikidan ko‘pdir. Xuddi shunday ko‘rsatkich 2008-09 va 2014-15 yilgi mavsumda kuzatilgan.

«Manchester Yunayted» Premer Liga bahslarida «Old Trafford» da raqib darvozasini 998 bora ishg‘ol qilishgan.        

 «Uotford»

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): G’-D-M-G’-G’-D

10-o‘rin, 37  ochko.

«Uotford» APL turnir jadvalining kuchlik beshligidan o‘rin olgan jamoalarga qarshi kechgan 7 uchrashuvda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, qolgan 20 o‘yindan faqatgina  3 tasida mag‘lub bo‘lishgan.

«Uotford» ushbu mavsumda mehmonda 18 ochko jamg‘arishgan, bu  Premer Ligadagi so‘nggi ikki mavsumdagidan ko‘prq degani (15).

«Shershn» lar APL ning so‘ngi 7 uchrashuvining 5 tasida raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmayapti.

SHAHSIY REKORDLAR

«Manchester Yunayted»

Jamoa to‘purari:   Runi – 14 gol (7 tasi Ligada).

Markus Reshford «Manchester Yunaytekd» tarkibidagi so‘ngi ikki uchrashuvda darvoza tomon 5 ta zarba yo‘llab 4 ta gol urgan.

«Uotford»

Jamoa to‘purari: Igalo –  15 gol (14 tasi Ligada).

Odion Igalo APL da 2016 yildagi 8 uchrashuvda faqatgina 1 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan, uning 21 zarbasini  raqiblar bartaraf qilishgan.

Igalo va Dini ikkalasi jamoaning APLdagi 29 golidan 22 tasini kiritishgan, tegishli ravishda 14 va 8 tadan.

Kreyg Katkart faoliyatini boshlagan jamoaga qarshi maydonga tushishi mumkin.

O’ZARO UCHRASHUVLAR

Jamoalar o‘zaro barcha musobaqlarda 25 uchrashuvda maydonga tushishgan. «Manchester Yunayted» 16 uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Uotford»  hisobida 4 ta g‘alaba, 5 uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

«Manchester Yunayted» barcha musobaqalarda «Uotford» ga qarshi o‘tkazgan so‘ngi 10 uchrashuvda g‘alaba qozongan.

Premer Ligasidagi jamoalarning 5 ta to‘qnashuvida «Yunayted» raqib darvozasini 14 bor ishg‘ol qilgan.

«Uotford» jamoasi «Manchester Yunayted» ni chempionat doirasida 8 uchrashuvdan beri mag‘lub eta olmayapti.

 «Shershn» larning «Old Trafford» dagi yagona g‘alabsi 1978  yil oktyabr oyida Liga Kubogi uchrashuvida (1-2) ro‘y bergan.

UYDA VA MEHMONDA

Liga (APL bilan): «Yunayted» 11 g‘alaba, «Uotford» 2 g‘alaba, 4 ta durang

APL: «Yunayted» 5 g‘alaba, «Uotford» 0, 0 durang

«YUNAYTED» MAYDONIDA

Liga (APL bilan): «Yunayted» 6 g‘alaba, «Uotford» 2 g‘alaba, durang 0

APL: «Yunayted» 2 g‘alaba, «Uotford» 0, durang 0

BIRINCHI DAVRADAGI UCHRASHUV

«Uotford» 1-2 «Manchester Yunayted»

21 noyabr 2015 yil

Hakam: Robert Medli.

Gol «Uotford» dan:  Dini 87 ( pen.)

Gol «Yunayted» dan: Depay 11, Dini 90 ( avt.)

HAKAMLAR BRIGADASI:

BOSH HAKAM:  Mayk Djons (Chester)

Ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 28 uchrashuvni boshqargan. 98 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

QANOT HAKAMLARI: Endi Xallidey, Richard Uest.

ZAHIRA HAKAMI:  Djonatan Moss.

 

 

811