Vest Bromvich - Yunayted

: Prevyu

«VEST BROMVICH» - «MANCHESTER YUNAYTED»

Stadion: «Xotorns», Vest Bromvich.

Premer Liga, 29-tur.

Yakshanba, 6 mart 2016 yil.

Boshlanish vaqti: 21:00 (O’zb).

JAMOALAR HOLATI

«Vest Bromvich»

Jarohat sababli Jonni Evans o‘zining sobiq jamoadaoshlariga qarshi maydonga tusha olmasligi mumkin. Shuningdek Brant, Morisson va MakManaman ham maydonga tushishlari so‘roq ostida.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: D. Morrison, Brant.

So‘roq ostida: J.Evans, MakManaman.

«Vest Bromvich» (tarkib): Foster, Myhill, Gamboa, Pocognoli, MkAuley, Olsson, Chester, Davson, Sandro, Pritchard, Fletcher, Yakob, MkKlean, Sessegnon, Gardner, Rondon, Berahino, Lambert, Anichebe.

«Manchester Yunayted»

Lui van Gal matbuot anjymanida aytib o‘tganidek Kris Smolling, Antonio Valensiya, Maruan Fellaini va Fil Jons maydonga tushishlari mumkin, lekin barchasini maydonga tushirib tavakkal qilish niyatida emas. 

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Shou, Bortvik-Djekson, Shvaynshtayger, Runi, Yang, U. Kin, Lav.

So‘roq ostida: Smolling, Fellaini, F.Jons, Valensiya.

«Manchester Yunayted»(tarkib): De Xea, Romero, Darmian, Jons, Valensiya, Riley, Roxo, Varela, Blind, Smolling, Poole, MkNeir, Fosu-Mensah, Shneiderlin, Errera, Fellaini, Karrik, Lingard, Yanuzay, Veir, A Pereira, Mata, Depay, Marsial, Reshford.

JAMOA FORMALARI

«Vest Bromvich»

13-o‘rin, 36 ochko.

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): M-G’-G’-M-G’-D.

«Vest Brom» APL da raqib darvozalariga 85 bora zarba yo‘llagan, bu jamoalar o‘rtasidagi eng past ko‘rsatgich.

Jamoa bosh murabbiyi Toni Pulis APL doirasida «Manchester Yunayted» qarshi o‘tkazgan so‘ngi  13 uchrashuvning faqatgina 1 tasida g‘alaba qozongan, 1 durang, 11 mag‘lubiyat.

«Manchester Yunayted»

5-o‘rin, 44 ochko.

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): M-M-G’-G’-G’-G’.

«Qizil iblislar» barcha musobaqalarni hisoblaganda ketmma-ket 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.

Van Gal jamoasi mehmonda o‘tkazgan so‘ngi 7 uchrashuvning faqatgina bittasida g‘alaba qozongan–3 durang, 3 mag‘lubiyat.

«Uotford» jamoasiga qarshi uchrashuvda jamoaning asosiy tarkibining umumiy yoshi 23yosh 222 kunni tashkil qildi, bu APL tarixidagi 4 ko‘rsatgich.

SHAHSIY REKORDLAR

«Vest Bromvich»

Jamoa to‘purari:  Beraxino– 7 gol (4 tasi Ligda).

Salomon Rondon jamoaning so‘ngi 5 uchrashuvda 3 ta to‘p kiritdi, bunga qadar 9 uchrashuvda gol ura olmayotgan edi.

Kreyg Gardner APL doirasidagi jamoasining 5 golidan 3 tasida ishtirok etdi– 2 gol va bitta golli pas.

Ben Foster, Anders Lindegor, Djeyms Chester, Djonni Evans va Darren Fletcherda o‘zlarining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushish imkoniyati bor.

 «Manchester Yunayted»

Jamoa to‘purari:   Runi – 14 gol (7 tasi Ligada).

O’ZARO UCHRASHUVLAR

Jamoalar o‘zaro barcha musobaqlarda 127 uchrashuvda maydonga tushishgan. «Vest Brom»  42 uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Yunayted» hisobida 54 ta g‘alaba, 31 uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

 «Manchester Yunayted» jamoasi «Xotorns» da «Vest Brom»ga so‘ngi 11 uchrashudan beri mag‘lub bo‘lmagan- 9 g‘alab, 2 durang.

«Vest Brom» Premer Liga doirasida «Manchester Yunayted» ga qarshi o‘tkazgan so‘ngi 19 uchrashuvning faqatgina bittasida o‘z darvozasini quruq saqlay olgan.

«Manchester Yunayted» jamoasi mehmonda Premer Liga doirasida «Vest Brom» maydonidagi uchrashuvlarda mag‘ulb bo‘lmagan  - 7 g‘alaba, 2 durang qayd etgan.

«Vest Brom» Premer Liga doirasida «qizil iblislar» ni faqatgina ikki bor mag‘lub etishgan  –4 durang, 13 mag‘lubiyat.

Jamoalar o‘rtasidagi eng katta hisob 2013 yil mayda «Xottorns» bo‘lib o‘tgan, uchrashuv  5-5 hisobida yakuniga yetgan. Ushbu uchrashuv ser Aleks Fergyussonning so‘ng uchrashuvi bo‘lib tarixga kirgan.  

UYDA VA MEHMONDA

Liga (APL bilan): «Vest Brom» 39 g‘alaba, «Yunayted» 52 g‘alaba, 28 ta durang

APL: «Vest Brom» 2 g‘alab, «Yunayted» 13 g‘alaba, 4 ta durang

«VEST BROM»MAYDONIDA

Liga (APL bilan): «Vest Brom» 26 g‘alaba, «Yunayted» 20 g‘alab, 13 ta durang

APL: «Vest Brom» 0, «Yunayted» 7 g‘alaba, 2 ta durang

O’TGAN MAVSUMDAGI UCHRASHUV

«Vest Bromvich» 2-2 «Manchester Yunayted»

20 oktyabr 2014 yil

Hakam: Mayk Din.

Gol «Vest Brom» dan: Sessenon 8, Beraxino 66

Gol «Yunayted» dan: Fellaini 48, Blind 87

BIRINCHI DAVRA UCHRASHUVI

«Manchester Yunayted» 2-0 «Vest Bromvich»

7 noyabr 2015 yil

Hakam: Mayk Din

Gol «Yunayted» dan: Lingard 52, Mata 90 (pen.).

Chetlatish: Makoli (90)

HAKAMLAR BRIGADASI:

BOSH HAKAM:  Mayk Din (Uirral).

Ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 29 uchrashuvni boshqargan. 90 ta sariq va 7 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

QANOT HAKAMLARI: Saymon Long, Stiv Bennett.

ZAHIR HAKAMI: Styuart Etvell.

707