Liverpul — Yunayted

: Prevyu

«LIVERPUL» - «MANCHESTER YUNAYTED»

Juma, 10 mart 2016 yil.

Yevropa Ligasi. 1/8 final. 1-o‘yin.

Stadion «Enfild», Liverpul.

Hakam:  Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya).

Boshlanish vaqti: 01:05 (O‘zb).

 JAMOALAR XOLATI

«Liverpul»

 «Liverpul» tarkibida uzoq vaqtdan beri hujumchi Danni Ings va himoyachi Djo Gomes jarohatlarini tuzatish bilan ovoralar. Flanagan esa ushbu musobaqada ishtirok etadigan ro‘yxatga kiritilmagan.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q

Jarohat olganlar:  Gomes, Ings, Lukas, Rossiter, Styuart.

So‘roq ostida: Milner.

«Manchester Yunayted»

Lui van Gal aytib o‘tganidek Antonio Valensiya zahira o‘rindig‘idan joy olishi mumkin. Sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani bois Lingard ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Fosu – Mensa esa ushbu musobaqada ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yhatidan joy olmagan.

Diskvalifikatsiya: Lingard (1 o‘yin).

Jarohat olganlar: Shou, Shvayshtayger, Runi, Yang, U.Kin, Bortvik – Djekson, Djons.

So‘roq ostida: Valensiya.

AVVALGI UCHRASHUVLAR

UEFA musobaqalari doirasida jamoalar ilk bor to‘qnash kelishmoqda.

Angliya musobaqalarida esa jamoalar 194 bor to‘qnash kelishgan. 64 g‘alaba «Liverpul» foydasiga, 51 durang va 79 uchrashuvda esa «Manchester Yunayted» g‘alaba qozongan.

Angliya chempionatida jamoalar166 bor to‘qnash kelishgan ( «Yunayted» 67 g‘alaba, «Liverpul» 55 g‘alaba) va  Angliya kuboklarida 18 bor uchrashuv o‘tkazishgan (11 g‘alaba «Yunayted», 7 g‘alaba «Liverpul»).

«Manchester Yunayted» APL doirasidagi «Liverpul» ga qarshi so‘ngi 4 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan.

JAMOALAR HAQIDA FAKTLAR

«Liverpul»

«Liverpul»  40-bor Yevro kuboklarda ishtirok etib kelmoqda– 21 Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi), 14 UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi), 5 – Kubok egalari Kubogi.

 «Liverpul» hisobida 11 ta Yevropa musobaqalari kubogi sohibi: 5 ta Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi), 3 ta UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi), 3 ta Yevropa Superkubogi.

«Liverpul» Yevrokuboklar doirasidagi 54% uchrashuvlarda g‘alaba qozongan: 336 uchrashuv-183 g‘alaba.

Musobaqalar bo‘yicha: Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi)  181 o‘yin – 100 g‘alaba (55%) , UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) 117 o‘yin - 63 g‘alaba (54%), Kubok egalari Kubogi– 29 o‘yin-16 g‘alaba (55%).

«Manchester Yunayted»

«Manchester Yunayted» ham o‘zining Yevrokuboklardagi 40-mavsumini o‘tkazmoqda - 27 Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi), 8  UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi), 5 – Kubok egalari Kubogi.

 «Manchester Yunayted»  hisobida 6 ta Yevropa musobaqalari kubogi bor: 3 Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi), 1 Kubok egalari Kubogi, 1 Qit’alararo Kubogi, 1 Yevropa Superkubogi.

«Manchester Yunayted» Yevrokuboklar doirasidagi 53% uchrashuvlarda g‘alaba qozongan: 324 o‘yin- 171 g‘alaba.

Musobaqalar bo‘yicha: Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi) 261 o‘yin – 145 g‘alaba (56%), UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) 26 o‘yin- 8 g‘alaba (31%), Kubok egalari Kubogi – 31 o‘yin-16 g‘alaba (52%).

JAMOALAR O‘RTASIDAGI ALOQALAR VA BOSHQA FAKTLAR

 «Old Trafford» dan «Enfild» ga qadar 45 kilometr.

Agarda «Manchester Yunayted» Yevropa Ligasi sohibiga aylansa, Qita’aning uchta mukofotiga sazovor bo‘lgan beshinchi jamoa bo‘ladi, bungacha «Ayaks», «Bavariya», «Yuventus» va «Chelsi» ushbu unvonni qo‘lga kiritishgan.

 Chempionatda g‘oliblik  (20 ta «Yunayted»- 18 ta «Liverpul») va Kubokdagi g‘oliblik ( 11 ta  Yunayted»- 7 ta  «Liverpul»), Liga Kubogi ( 8 ta «Liverpul» - 4 ta «Yunayted»).

 «Yunayted» yarim himoyachisi  Eshli Yang va «Liverpul» himoyachisi Djeyms Milner 2008-2010 yilgi mavsumlarda «Aston Villa» jamoasi tarkibida birga tщp surishgan.

«Liverpul» xujumchisi Daniel Starridj va «Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata 2011-13 yillarda «Chelsi» da birga to‘p surishgan.

 «Manchester Yunayted» futbolchisi Deyli Blind bugun o‘zining 26 yoshini qarshilaydi.

 «Manchester Yunayted» tarixida 4 nafar futbolchiEvropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan– Djordj Best (1963), Denis Lou (1964), Bobbi Charlton (1966) va Krishtianu Ronaldu(2008). «Liverpul» da esa faqatgina Maykl Ouen (2001) bunday nomga sazovar bo‘lgan.

 «Liverpul» dan ikki futbolchi Yevropa «Oltin butsisi» sohibi bo‘lgan - Yan Rash (1984) va Luis Suares (2014). «Manchester Yunayted» dan esa Krishtianu Ronaldu (2008) ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan.

 «Liverpul» tarkibida Yevrokuboklarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Djimi Karrager (150), Yevrokuboklardagi eng yaxshi to‘purar esa Stiven Djerard (41 gol)

«Manchester Yunayted» tarkibida esa  Yevrokuboklarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Rayang Giggz (159), eng yaxshi to‘purar Ruud van Nistelroy (38 gol).

JAMOA MURABBIYLARI

Yurgen Klopp jamoada Brendan Rodjersni o‘rnini egallagan. Dortmundning «Borussiya» jamoasi bilan 2010-11 mavsumda Germaniya chempioni, kelasi mavsumda esa Germaniya «oltin dubl» sohibi, 2013 yilgi Chempionlar Ligasi finalida «Bavariya» ga imkoniyatni boy bergan.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal  esa jamoani 2014 yilda qabul qilib olgan, murabbiy sifatida «Ayaks» jamoasi bilan UEFA Kubogi va Chempionlar Ligasi sohibi. Shuningdek, jamoalar bilan Gollandiya, Ispaniya va Germaniya chempioni. Gollandiya terma jamoasi bilan esa JCh-2014 da bronza medallarni qo‘lga kiritgan.

Javob uchrashuvi Lui van Galning murabbiy sifatidagi UEFA musobaqalaridagi 150 uchrashuvi bo‘lishi mumkin.

JAMOALARNING CHEMPIONATDAGI SO‘NGI UCHRASHUVLARI:

6.03.2016. «Kristal Pelas» - «Liverpul» 1:2 ( Ledli 48  –  Firmino 72,  Benteke 90(pen.)

«Liverpul»: Minole, Flanagan (Koutino, 61), Lovren, Sako, Moreno, Milner, Xenderson, Djan, Lallana, Firmino (Ture, 88), Oriji (Benteke, 80).

Chempionatdagi holati: 7-o‘rin, 44 ochko.

6.03.2016. «Vest Brom» - «Manchester Yunayted» 1-0  (Rondon 66 )

«Manchester Yunayted»: De Xea, Smolling, Roxo, Darmian (Fosu-Mensa, 83), Blind, Lingard, Kerrik, Errera (Shnayderlin, 62), Mata, Marsyal, Reshford (Depay, 75).

Chempionatdagi holati: 6-o‘rin,47 ochko.

558