Yunayted — Vest Xem

: Prevyu

«MANCHESTER YUNAYTED» - «VEST XEM»

Stadion: «Old Trafford», Manchester.

Angliya Kubogi, 6-bosqich.

Yakshanba, 13 mart 2016 yil.

Boshlanish vaqti: 21:00(O‘zb).

JAMOALAR HOLATI

«Manchester Yunayted»

Diskvalifikatsiya sababli Xuan Mata uchrashuvni o‘tkazib yuboradi, Jessi Lingard esa safga qaytishga tayyor. Antonio Valensiya ham ushbu o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Adnan Yanuzay va Timoti Fosu-Mensa ham asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Runi, Shou va Yang esa tiklanish jarayonida.

Diskvalifikatsiya: Mata (1 o‘yin)

Jarohat olganlar: Shou, Jons, Yang, U. Kin, Bortvik – Djekson, Runi.

Manchester Yunayted (tarkib): De Gea, Romero, J Pereira, Darmian, Riley, Rojo, Varela, Valencia, Love, Borthwick-Jackson, Fosu-Mensah, Jones, Blind, Smalling, Poole, McNair, Schneiderlin, Herrera, Rothwell, Fellaini, Carrick, Weir, A Pereira, Lingard, Januzaj, Depay, Martial, Rashford

«Vest Xem»

«Bolg‘achilar» tarkibida Enner Valensiya, Viktor Mozes va Djoy O’Brayan jarohatdan qutilib safga qaytishga shay.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Kollinz, Rid, Djenkinson, Tomkins.

West Ham (tarkib): Adrian, Randolph, O'Brien, Ogbonna, Cresswell, Oxford, Noble, Kouyate, Song, Obiang, Moses, Lanzini, Payet, Antonio, Valencia, Carroll, Emenike, Sakho.

JAMOA FORMALARI

«Manchester Yunayted»

6-o‘rin, 47 ochko (Premer Liga).

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): G‘-G‘-G‘-G‘-M-M

Mehmonda «Vest Bromvich» jamoasiga 1-0 hisobida mag‘lub bo‘lgan jamoa, APL da 47 ochko bilan 6-o‘ringa tushib ketdi.

«Manchester Yunayted» o‘z uyidagi barcha musobaqalardagi so‘ngi 4 uchrashuvda raqib darvozasini 12 bor ishg‘ol qilishdi, bungacha shuncha golni 13 uchrashuvda kiritishgan edi.

Angliya Kubogi

Jamoa ushbu turnirda 11 bor zafar quchgan. So‘ngi bor 2004 yilda «Millenium» o‘yingohida «Milluoll» ustidan 3-0 hisobida g‘alaba qozonib Angliya Kubogi sohibiga aylangan edi.

Yetti bor final uchrashuvida imkoniyatni boy bergan, so‘ngi bor 2007 yil 1-0 hisobida «Chelsi» ga yutqazgan.

O‘tgan yili choraka finalda o‘z maydonida «Arsenal» ga 1-2 hisobida imkoniyatni boy berib turnirni tark etgan.

Bu yil 3-bosqichda «Sheffild Yunayted» ustidan 1-0, 4-bosqichda «Derbi Kaunti»3-1, 5-bosqichda esa «Shrusberi» jamoasini 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

«Manchester Yunayted» Angliya Kubogining 6-bosqichida ketma – ket ikki yil 1-2 hisobida imkoniyatni boy bergan –2014 yil «Suonsi» ga, 2015 yil «Arsenal» ga.

«Yunayted» ushbu mavsumda Angliya Kubogining 3 uchrashuvida bir bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Jamoa Lui van Galqo‘l ostida Angliya Kubogida o‘tkazgan 8 uchrashuvning 6 tasida g‘alaba qozongan, 1 durang, 1 mag‘lubiyat.

«Vest Xem»

5-o‘rin, 49 ochko (Premer Liga).

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): G‘-D-G‘-G‘-G‘-G‘.

Mehmonda «Everton» ustidan 2-3 hisobida g‘alaba qozongandan so‘ng APL da 49 ochko to‘plab 5 o‘ringa chiqib oldi.

«Vest Xem» barcha musobaqalardagi so‘ngi 15 uchrashuvning 10 tasida g‘alaba qozongan, 3 durang, 2 mag‘lubiyat.

Angliya Kubogi

«Vest Xem» ushbu musobaqada 3 bora g‘olib bo‘lgan–1964, 1975 va 1980 yillarda.

«Bolg‘achilar» ikki bora finalba mag‘lub bo‘lganlar 1923 va 2006 yillarda.

10 yil avvalgi finalda «Liverpul» jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan.

«Bolg‘achilar» ushbu mavsumda Angliya Kubogining so‘ngi ikki o‘yinida raqib darvozasini 7 bor ishg‘ol qilishdi.

SHAXSIY REKORDLAR

«Manchester Yunayted»»

Jamoa to‘purari: Runi- 14 gol (7 ta Ligada).

Maykl Karrik o‘z faoliyatini boshlagan jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

«Vest Xem»

Jamoa to‘purari: Paye- 10 gol (8 ta Ligada).

Yarim himoyachi Maykl Antonio «Vest Xem» tarkibidagi o‘zining so‘ngi uch uchrashuvida raqib darvozasini 3 bor ishg‘ol qildi.

O‘ZARO UCHRASHUVLAR

Jamoalar o‘zaro barcha musobaqalarda 131 bor to‘qnash kelishgan «Yunayted» 61 g‘alaba, «Vest Xem» 42 g‘alaba va 28 uchrashuv durang yakunlangan.

«Bolg‘achilar» «Old Trafford» da o‘tqazgan so‘ngi 9 uchrashuvda g‘alaba qozona olishmagan (8 mag‘lubiyat, 1 durang).

Angliya Kubogida

Angliya Kubogida jamoalar o‘zaro 10 bora to‘qnash kelishgan. Ikkala jamoa hisobida 4 tadan g‘alaba bo‘lsa, 2 uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

JAMOALARNING PREMER LIGADAGI O‘ZARO SO‘NGI UCHRASHUVI

«Manchester Yunayted» 0-0 «Vest Xem»

5 dekabr 2015 yil.

Hakam: Mark Klattenburg.

JAMOALARNING ANGLIYA KUBOGIDAGI O‘ZARO SO‘NGI UCHRASHUVI

«Manchester Yunayted» 1-0 «Vest Xem»

Takroriy o‘yin, Angliya Kubogi 3-bosqich (Dastlabki o‘yin 2-2).

16 yanvar 2013 yil.

Hakam: Fil Daud.

Gol «Yunayted» dan: Runi 9.

BOSH HAKAM: Martin Atkinson (G‘arbiy Yorkshir).

Ushbu mavsum barcha musobaqalarda 37 uchrashuvni boshqargan. 132 sariq va 1 qizil karotchka ko‘rsatgan.

480