Yunayted — Liverpul

: Prevyu

«MANCHESTER YUNAYTED» - «LIVERPUL»

Juma, 18 mart 2016 yil.

Yevropa Ligasi. 1/8 final. 2-uchrashuv.

Stadion «Old Trafford», Manchester.

Hakam: Milorad Majich (Serbiya).

Boshlanish vaqti: 01:05 (O’zb).

JAMOALAR HOLATI

«Manchester Yunayted»

Uchrashuv oldi matbuot anjumanida Lui van Gal aytib o‘tganidek Bastian Shvaynshtayger yoki Valensiya asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin, Eshli Yang esa maydonda tushishiga biroz vaqt bor, Bortvik-Djekson ham mashg‘ulotlarga qaytgan.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Shou,  Runi, U.Kin, Jons.

So‘roq ostida: Yang, Bortvik – Djekson.

«Liverpul»

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar:  Gomes, Ings, Leyva, Styuart.

O’ZARO UCHRASHUVLAR

UEFA musobaqalari doirasida jamoalar ilk bor to‘qnash kelishmoqda.

Angliya musobaqalarida esa jamoalar 194 bor to‘qnash kelishgan. 64 g‘alaba «Liverpul» foydasiga, 51 durang va 79 uchrashuvda esa «Manchester Yunayted» g‘alaba qozongan.

Angliya chempionatida jamoalar166 bor to‘qnash kelishgan(«Yunayted» 67 g‘alaba, «Liverpul» 55 g‘alaba) vaAngliya kuboklarida 18 bor uchrashuv o‘tkazishgan(11 g‘alaba«Yunayted», 7 g‘alaba«Liverpul»).

«Manchester Yunayted» APL doirasidagi «Liverpul» ga qarshi so‘ngi 4 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan.

 JAMOALAR HAQIDA FAKTLAR

«Manchester Yunayted»

«Manchester Yunayted» ham o‘zining Yevrokuboklardagi 40-mavsumini o‘tkazmoqda- 27 Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi), 8 UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi), 5 –Kubok egalari Kubogi.

«Manchester Yunayted» hisobida 6 ta Yevropa musobaqalari kubogi bor: 3 Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi), 1 Kubok egalari Kubogi, 1 Qit’alararo Kubogi, 1 Yevropa Superkubogi.

«Manchester Yunayted» Yevrokuboklar doirasidagi 53% uchrashuvlarda g‘alaba qozongan: 324 o‘yin- 171 g‘alaba.

Musobaqalar bo‘yicha: Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi) 261 o‘yin– 145 g‘alaba (56%), UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) 26 o‘yin- 8 g‘alaba(31%), Kubok egalari Kubogi– 31 o‘yin-16 g‘alaba(52%).

«Manchester Yunayted» bugunga qadar Yevropa Ligasida 7 uchrashuvda ishtirok etgan 2 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat.

«Liverpul»

«Liverpul» 40-bor Yevro kuboklarda ishtirok etib kelmoqda– 21 Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi), 14 UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi), 5 –Kubok egalari Kubogi.

 «Liverpul» hisobida 11 ta Yevropa musobaqalari kubogi sohibi: 5 ta Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi), 3 ta UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi), 3 ta Yevropa Superkubogi.

«Liverpul» Yevrokuboklar doirasidagi 54% uchrashuvlarda g‘alaba qozongan: 336 uchrashuv-183 g‘alaba.

Musobaqalar bo‘yicha: Yevropa Chempionlar Kubogi (Chempionlar Ligasi) 181 o‘yin– 100 g‘alaba(55%) , UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) 117 o‘yin- 63 g‘alaba(54%), Kubok egalari Kubogi– 29 o‘yin-16 g‘alaba (55%).

«Liverpul» ushbu mavsumda yevrokuboklarda mag‘lubiyatga uchramadi (4 g‘alaba, 5 durang).

 JAMOALAR O’RTASIDAGI ALOQALAR VA BOSHQA FAKTLAR

«Old Trafford» dan «Enfild» ga qadar 45 kilometr.

Agarda «Manchester Yunayted» Yevropa Ligasi sohibiga aylansa, Qita’aning uchta mukofotiga sazovor bo‘lgan beshinchi jamoa bo‘ladi, bungacha «Ayaks», «Bavariya», «Yuventus» va «Chelsi» ushbu unvonni qo‘lga kiritishgan.

Chempionatda g‘oliblik (20 ta «Yunayted»- 18 ta «Liverpul») va Kubokdagi g‘oliblik ( 11 ta Yunayted»- 7 ta «Liverpul»), Liga Kubogi ( 8 ta «Liverpul» - 4 ta «Yunayted»).

«Yunayted» yarim himoyachisi Eshli Yang va «Liverpul» himoyachisi Djeyms Milner 2008-2010 yilgi mavsumlarda «Aston Villa» jamoasi tarkibida birga tщp surishgan.

«Liverpul» xujumchisi Daniel Starridj va «Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata 2011-13 yillarda «Chelsi» da birga to‘p surishgan.

«Manchester Yunayted» tarixida 4 nafar futbolchiYevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan– Djordj Best (1963), Denis Lou (1964), Bobbi Charlton (1966) va Krishtianu Ronaldu(2008). «Liverpul» da esa faqatgina Maykl Ouen (2001) bunday nomga sazovar bo‘lgan.

«Liverpul» dan ikki futbolchi Yevropa «Oltinbutsisi» sohibi bo‘lgan- Yan Rash (1984) vaLuis Suares (2014). «Manchester Yunayted» dan esa Krishtianu Ronaldu (2008) ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan.

«Liverpul» tarkibida Yevrokuboklarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Djimi Karrager (150), Yevrokuboklardagi eng yaxshi to‘purar esa Stiven Djerard (41 gol)

«Manchester Yunayted» tarkibida esa Yevrokuboklarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiRayang Giggz (159), eng yaxshi to‘purar Ruud van Nistelroy (38 gol).

JAMOA MURABBIYLARI

Yurgen Klopp jamoada Brendan Rodjersni o‘rnini egallagan.Dortmundning«Borussiya» jamoasi bilan 2010-11 mavsumda Germaniya chempioni, kelasi mavsumda esa Germaniya«oltin dubl» sohibi, 2013 yilgi Chempionlar Ligasi finalida «Bavariya» ga imkoniyatni boy bergan.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal esa jamoani 2014 yilda qabul qilib olgan, murabbiy sifatida «Ayaks» jamoasi bilan UEFA Kubogi va Chempionlar Ligasi sohibi. Shuningdek, jamoalar bilan Gollandiya, Ispaniya va Germaniya chempioni. Gollandiya terma jamoasi bilan esa JCh-2014 da bronza medallarni qo‘lga kiritgan.

Ushbu o‘yin Lui van Galning murabbiy sifatidagi UEFA musobaqalaridagi 150 uchrashuvi.

 JAMOALARNING CHEMPIONATDAGI SO‘NGI UCHRASHUVLARI:

6.03.2016. «Kristal Pelas» - «Liverpul» 1:2 ( Ledli 48 – Firmino 72, Benteke 90(pen.)

«Liverpul»: Minole, Flanagan (Koutino, 61), Lovren, Sako, Moreno, Milner, Xenderson, Djan, Lallana, Firmino (Ture, 88), Oriji (Benteke, 80).

Chempionatdagi holati: 7-o‘rin, 44 ochko.

6.03.2016. «Vest Brom» - «Manchester Yunayted» 1-0 (Rondon 66 )

«Manchester Yunayted»: De Xea, Smolling, Roxo, Darmian (Fosu-Mensa, 83), Blind, Lingard, Kerrik, Errera (Shnayderlin, 62), Mata, Marsyal, Reshford (Depay, 75).

Chempionatdagi holati: 6-o‘rin,47 ochko.

 JAMOALARNING YeVROKUBOKLARDAGI SO’NGI PYeNALTILAR SYeRIYaSI:

«Manchester Yunayted»

«Manchester Yunayted» Yevrokuboklar doirasidagi so‘ngi 3 ta penaltilar seriyasida: 1 ta g‘alba , 2 ta mag‘lubiyat.

Mag‘lubiyat:

5-4 mehmonda «Videotona» (Vengriya) – 1984/85 mavsum UEFA Kubogi choraka final.

4-3 mehmonda «Torpedo» (Moskva) – 1992/93 mavsum UEFA Kubogi birinchi bosqich.

G’alaba:

6-5 neytral maydon «Chelsi» (London) – 2007/08 mavsum Chempionlar Ligasi final.

«Liverpul»

«Liverpul» Yevrokuboklar doirasidagi so‘ngi 4 ta penaltilar seriyasida: 3 ta g‘alaba , 1 ta mag‘lubiyat.

G’alaba:

4-2 neytral maydon «Roma» - 1983/84 mavsum Chempionlar Kubogi final.

3-2 neytral maydon «Milan» - 2004/05 mavsum Chempionlar Ligasi final.

4-1 o‘z maydonida «Chelsi» - 2006/07 mavsum Chempionlar Ligasi yarim final.

Mag‘lubiyat:

5-4 mehmonda «Beshiktosh» - 2014/15 mavsum Yevropa Ligasi 1/16 bosqich.

1277