Siti — Yunayted

: Prevyu

«MANCHESTER SITI» - «MANCHESTER YUNAYTED»

Stadion: «Etixad», Manchester.

Premer Liga, 31-tur.

Yakshanba, 20 mart 2016 yil

Boshlanish vaqti: 21:00 (O‘zb).

JAMOALAR HOLATI

«Siti»

«Siti» sardori Vensan Kompani Chempionlar Ligasi bahsida jarohat olib safdan chiqdi. Himoyaning yana bir vakili Nikolas Otamendi ham jarohat olgan va maydonga tushishi so‘roq ostida. Yarim himoyachilar de Bryuyne, Delf va Nasri safga qaytishga yaqin, futbolchilar 2 hafta ichida maydonga tushishlari mumkin

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Kompani, Otamendi, De Bryuyne, Delf, Nasri.

Siti (tarkib): Xart, Kaballero, Sanya, Zabaleta, Otamendi, Mangala, Demichelis, Kolarov, Klichy, Ture, Fernando, Fernandinio, Sterling, Silva, Navas, M.Garsia, Aguero, Bony, Iheanaxo.

«Manchester Yunayted»

«Yunayted» safida Ander Errera maydonga tushishi so‘roq ostida, u jarohat sabab Yevropa Ligasi uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Eshli Yang va Bortvik-Jekson mashg‘ulotlarga qaytgan, lekin uchrashuvda to‘liq ishtirok etish uchun tayyor emas. Shuningdek Andnan Yanuzay va Fosu-Mensa ham maydonga tushishga tayyor.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Shou, Runi, U. Kin, Lav, F.Djons.

So‘roq ostida: Errera, Yang, Bortvik-Djekson.

Manchester Yunayted (tarkib): De Xea, Romero, Darmian, Riley, Roxo, Varela, Valensia, MkNair, Borthwick-Jackson, Williams, Fosu-Mensah, Blind, Smalling, Sneiderlin, Sveinsteiger, Herrera, Fellaini, Karrik, Veir, Mata, Yang, Lingard, Depay, Marsial, Rashford

JAMOA FORMALARI

«Siti»

4-o‘rin, 51 ochko.

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): G‘-G‘-M-G‘-D-D.

«Shaharlilar» APL ning so‘ngi 5 uchrashvida faqatgina 1 uchrashuvda g‘alaba qozongan holos,1 durang, 3 mag‘lubiyat.

Manuel Pellegri jamoasi APL doirasida o‘z maydonida o‘tkazgan uchrashuvlarda raqib darvozasini 39 bora ishg‘ol qilgan – bu boshqa jamoalarga qaraganda 10 gol ko‘p degani.

«Siti» APLda 29 turdan so‘ng 51 ochko jamg‘argan – bu jamoaning so‘ngi 7 yildagi eng past ko‘rsatkichi.

APL dagi 51 ochkodan 42 tasini (82%) «Siti» o‘zidan jadvalda quyidagi jamoalardan olgan.

«Manchester Yunayted»

6-o‘rin, 47 ochko.

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): G‘-G‘-M-M-D-D.

«Manchester Yunayted» APLda so‘ngi mehmonda o‘tkazgan 3 uchrashuvda faqatgina bir ochko olgan holos.

Van Gal APL doirasidagi mehmonda o‘tkazgan so‘ngi 8 uchrashuvda 1 bora g‘alaba qozongan, 3 durang, 4 mag‘lubiyat.

SHAHSIY REKORDLAR

«Siti»

Jamoa to‘purari :  Aguero– 21 gol (16 tasi Ligada).

Serxio Aguero Premer Liga doirasida «Etixad Stedium» da o‘tkazgan so‘ngi 8 uchrashuvda raqib darozasini 11 bor ishg‘ol qilgan.

Argentinalik futbolchi Premer Liga doirasida «Manchester Yunayted» ga qarshi o‘tkazgan so‘ngi 7 uchrashuvda 7 bor gol urgan. Faqatgina APL tarixidagi 5 nafar futbolchi undan ko‘proq «qizil iblislar» darvozasini ishg‘ol qilgan–  Les Ferdinand, Anri, Djerard va Fauler - 8 gol, Shirer -10 gol.

Aguero 1 gol ursa Ueyn Runi bilan tenglashib oladi. Runi Manchester derbisida 8 gol urgan. Agar Serxio buni uddalasa u buning uchun 8 uchrashuvda amalga oshirgan bo‘ladi. Runi bu ko‘rsatgichni 16 uchrashuvda qayd etgan.

«Manchester Yunayted»

Jamoa to‘purari: Runi -14 gol (7 tasi Ligada).

Ueyn Runi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 18 gol urgan, Antoni Marsyal esa 16 bor ishg‘ol qilgan.

O‘ZARO UCHRASHUVLAR

Jamoalar o‘zaro barcha musobaqlarda 169 bor to‘qnash kelishgan. 49 g‘alaba «Manchester Siti» foydasiga, 69 g‘alaba «Manchester Yunayted» foydasiga va 51 uchrashuvda durang qayd etilgan.

«Manchester Siti» so‘ngi 6 ta derbining 4 tasida g‘alab qozonishgan.

«Manchester Yunayted» jamoasi «Etixad» da o‘tkazgan so‘ngi 5 uchrashuvda - 1 g‘alaba, 1 durang, 3 mag‘lubiyat qayd etgan.

«Manchester Siti» jamoasi barcha musobaqalardagi o‘zining «Yunayted» ustidan 50–g‘alabasini nishonlashi mumkin.

Jamoalarning birinchi davrada oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida raqiblar davrvoza tomon ikki bora aniq zarba yo‘llashgan, uchrashuvda esa 0-0 durang natija qayd etilgan.

UYDA VA MEHMONDA

Liga (APL bilan): «Siti» 43 g‘alaba, ««Yunayted» 60 g‘alaba, 50 ta durang.

APL: «Siti» 11 g‘alaba, «Yunayted» 19 g‘alaba, 7 ta durang.

«MANCHESTER SITI» MAYDONIDA

Liga (APL bilan): «Siti» 25 g‘alaba, «Yunayted» 26 g‘alaba, 25 ta durang

APL: «Siti» 7 g‘alaba, «Yunayted» 9 g‘alaba, 2 ta durang

O‘TGAN MAVSUMDAGI UCHRASHUV

«Manchester Siti» 1-0 «Manchester Yunayted»

2 noyabr 2014 yil

Hakam: Maykl Oliver.

Gol «Siti» dan: Aguero 63.

Chetlatish: Smolling 39.

BIRINCHI DAVRADAGI UCHRASHUV

«Manchester Yunayted»» 0-0 «Manchester Siti»

25 oktyabr 2015 yil

Hakam: Mark Klattenburg.

HAKAMLAR BRIGADASI:

BOSH HAKAM: Maykl Oliver (Nortumberlend).

Ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 27 uchrashuvni boshqargan, 100 ta sariq va 8 ta qizil kartochka ko‘rsatgan.

QANOT HAKAMLARI: Djon Bruks, Geri Besuik.

ZAHIRA HAKAMI: Andre Marriner.

516