Tottenxem — Yunayted

: Prevyu

«TOTTENXEM» - «MANCHESTER YUNAYTED»

Stadion: «Uayt Xart Leyn», London.

Premer Liga, 33-tur.

Yakshanba, 10 aprel 2016 yil

Boshlanish vaqti: 20:00 (O‘zb).

JAMOALAR HOLATI

«Tottenxem»

«Shpor» lar safida jarohat olib uch oyga maydonga tusha olmagan himochi Yan Vertongen maydonga tushishi mumkin, shuningdek jarohat sabab so‘ngi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan Erik Lamela ham maydonga qaytishga shay.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Bentaleb, N Djie.

«Manchester Yunayted»

Uchrashuv oldi matbuot anjumanida bosh murabbiy xabar berishicha Fil Jons, Antonio Valensiya va Eshli Yang uchrashuvga to‘liq tayyor. Jamoa sardori Ueyn Runi esa mashg‘ulotlarga qaytgan lekin avval o‘rinbosarlar safida maydonga tushib keyinchalik asosiy jamoaga qayishi mumkin. Adnan Yanuzay esa jarohat sabab ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Diskvalifikatsiya: Yo‘q.

Jarohat olganlar: Shou Runi, Shvaynshtayger, U. Kin, Yanuzay.

JAMOA FORMALARI

«Tottenxem»

2-o‘rin, 62 ochko.

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): D-M-G‘-M-G‘-D.

Chempionlik uchun davogarlik qilayotgan «Tottenxem» APL doirasidagi so‘ngi 5 uchrashuvda faqatgina 2 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan, 2 mag‘lubiyat, 1 durang.

Premer Ligi doirasidagi o‘z maydoni «Uayt Xart Leyn» dagi so‘ngi 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan - 4 g‘alaba, 1 durang.

Pochettino jamoasi chempionat davimida o‘z darvozasidan eng kam to‘p o‘tkizgan jamoa - 25 to‘p.

«Manchester Yunayted»

5-o‘rin, 53 ochko.

So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): M-M-D-D-G‘-G‘.

Premer Liganing so‘ngi 5 turidan 4 tasida g‘alaba qozongan jamoa o‘rindagi jamoa bilan orasidagi farq bir ochko.

Jamoa APL doirasidagi so‘ngi 3 g‘alabasi bir hil 1-0 hisobda yakuniga yetgan.

«Manchester Yunayted» Premer Lige doirasidagi mehmonda o‘tkazgan so‘ngi 9 uchrashuvda 2 bora g‘alaba qozongan, 3 durang, 4 mag‘lubiyat.

«Qizil iblislar» ushbu mavsumda APL uchrashuvlarining 15 tasida o‘z darvozalaridan gol o‘tkazib yuborishmagan. Bu xozircha eng yaxshi ko‘rsatgich. O‘z darvozasidan kam gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha esa APL dagi ikkinchi ko‘rsatkichga egalar – 27 gol.

Lui van Gal shogirdlari ushbu mavsumda kuchli oltilikdagi jamoalarga qarshi o‘tkazgan 7 uchrashuvda faqatgina 1 marotaba mag‘lub bo‘lgan holos - 3 g‘alaba, 3 durang, 1 mag‘lubiyat.

«Qizil iblislar» 31 tur mobaynida raqib darvozalarini 39 bora ishg‘ol qilishgan, bungacha bunadan kam ko‘rsatgich 1989-90 yillarda ro‘y bergan – 37 gol.

SHAHSIY REKORDLAR

«Tottenxem»

Jamoa to‘purari: Keyn– 25 gol (22 tasi Ligada).

Jamoa hujumchisi Xarri Keyn APL doirasidagi uchrashuvlarda 22 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan.

Premer Ligada o‘z debyutini 2013 yil sentabr oyida o‘tkazgan Kristian Eriksen shu kunga qadar jamoadoshlariga 250 ta golik imkoniyat yaratib bergan. Bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatgich «Arsenal» futbolchisi Mesut Ozilga tegishli (266 gollik imkoniyat yaratib bergan).

Yarim himoyachi Deli Alli ushbu mavsumda jamoadoshlariga 6 bor golik uzatma berib jamoadoshlari orasida yetakchilik qilmoqda.

«Manchester Yunayted»

Jamoa to‘purari : Runi -14 gol (7 tasi Ligada), Marsyal – 13 (8 tasi Ligada).

Fransiyalik futbolchi Antoni Marsyal jamoasinig barcha musobaqalardagi so‘ngi 4 uchrashuvida raqib darovozasini 3 bor ishg‘ol qilgan va 8 gol bilan ushbu mavsumdagi jamoasining APL dagi eng yaxshi to‘p urari bo‘lib turibdi.

Maykl Karrikda sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushish imkoniyati bor.

O‘ZARO UCHRASHUVLAR

Jamoalar barcha musobaqalarda zaro 183 bor to‘qnash kelishgan shulardan 48 tasida «Tottenxem» g‘alaba qozongan, 86 uchrashuvda esa «Manchester Yunayted» g‘olib bo‘lgan, 49 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

«Tottenxem» Premer Liga doirasidagi «Yunayted» ga qarshi o‘tkazgan so‘ngi 29 uchrashuvda 2 bor g‘alaba qozongan holos (8 durangb 19 mag‘lubiyat), va «qizil iblislar» ga qarshi «Uayt Xart Leyn» da o‘tkazgan so‘ngi 14 uchrashuvda g‘alaba qozona olmayapti (6 durang, 8 mag‘lubiyat). So‘ngi bor 2001 yil may oyida 3-1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

«Shporlar» Pochettino qo‘l ostida «Manchester Yunayted» ga qarshi o‘tkazgan so‘ngi 3 uchrashuda raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmagan.

Pochetino murabbiy sifatida «Yunayted»ga qarshi APL doirasida 6 uchrashuvda ishtirok 3 durang, 3mag‘lubiyat.

UYDA VA MEHMONDA

Liga (APL bilan): «Tottenxem» 37 g‘alaba, «Yunayted» 78 g‘alaba, durang 42 ta.

APL: «Tottenxem» 5 g‘alaba, «Yunayted» 31 g‘alaba, durang 11 ta.

«TOTTENXEMA» maydonida

Liga (APL bilan): «Tottenxem» 25 g‘alaba, «Yunayted» 25 g‘alaba, durang 28 ta.

APL: «Tottenxem» 3 g‘alaba, «Yunayted» 12 g‘alaba, durang 8 ta.

O‘TGAN MAVSUMDAGI O‘ZARO TO‘QNASHUV

«Tottenxem» 0-0 «Manchester Yunayted»

28 dekabr 2014 yil

Hakam: Djonatan Moss.

BIRINCHI DAVRADAGI UCHRASHUV

«Manchester Yunayted» 1-0 «Tottenxem»

8 avgust 2015 yil

Hakam: Djonatan Moss.

Gol «Yunayted» dan: Uoker 22 (avt.).

HAKAMLAR BRIGADASI:

BOSh HAKAM: Maykl Din (Uirraldan).

Ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 33 uchrashuvni boshqargan, 103 ta sariq va 9 ta qizil kartoka ko‘rsatgan.

QANOT HAKAMLARI: Styuart Bart, Edvard Smart.

ZAHIRA HAKAMI: Djonatan Moss.

1034