Jamoa / Tarkib /

David de Xea

Nomer: 1

Fuqarolik: Ispaniya

Kontrakt muddati: 06/2016

Tug‘ilgan sana': 07.11.1990

Bo‘yi: 192 sm

Vazni: 76 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 132

0

To‘p urilmagan * : 48

* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

David de Xea 1990 yilning 7-noyabrida Madrid shahrida tavallud topgan. Madridning «Atletiko»si (yoshlar jamoasi)ni bitiruvchisi bo`lib turib, David o`zining debyut o`yinini 2009-yilning 30 noyabrida Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi «Portu»ga qarshi kechgan uchrashuvda o`tkazgan. Bo`lib o`tgan uchrashuvda Atletiko 0-2 hisobida mag`lubiyatga uchraganiga qaramay, hali 19 yoshga to`lmagan David o`yindagi harakatlari bilan yaxshi taassurot qoldiradi.

Shu yilning o`zida «Saragosa»ga qarshi bo`lib o`tgan o`yin Davidning Primeradagi debyuti bo`lgan, uchrashuv davomida David penalti zarbasini qaytarishi evaziga o`yin 2-1 hisobida Atletikoning g`alabasi bilan yakunlandi. Yosh darvozabonning o`yindagi harakatlari, ayniqsa uning sovuqqonligi murabbiy Abel Resino tomonidan yuksak baholanadi.

Atletikoning 2009-2010 mavsumida erishgan muvaffaqiyatlarida Davidning hissasi katta bo`ldi. Shu mavsumda uning klubi Qirol Kubogiga erishadi va 48 yil davomida birinchi bor Yevropa Ligasining g`olibiga aylanadi.

JAR(Janubiy Afrika Respublikasi)da bo`lib o`tgan jahon chempionatida qatnashmaganiga qaramay, David, o`z milliy terma jamoasi safida ham yaxshi o`yinlar o`tkazmoqda. Yevropa chempioni va o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionatining kumush medal sovrindori bo`lib turib, David, yaqindagina yoshlar o`rtasida Yevropa chempioniga aylandi.

Ispaniyada Davidning sharafiga qo`yilgan laqablarning ko`payishi – Mushuk (El Gato), Oltin qo`lqopli bola (El Niño de los Guantes de Oro), Rus (Russo, ispanlardan ajralib turadigan tashqi qiyofasi uchun), Van der Xea (buyuk darvozabon - van der Sar bilan o`yindagi harakatlar tusi o`xshashligi uchun) Yevropaning yetakchi klublari diqqatini tortadi.

«Atletiko» Davidni o`z jamoasida saqlab qolish maqsadida unga yangi shartnoma taklif qiladi va ushbu shartnomada darvozabon narxini 20 mln. yevroga oshirib qo`yadi. 2011 yilning 24 mayida ser Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted» yosh darvozabon David bilan shartnoma tuzishi haqida xabar beradi va mazkur yilning 28 iyunida De Xea «Yunayted» bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkani e’lon qilinadi.