Jamoa / Tarkib /

Kris Smolling

Nomer: 12

Fuqarolik: Angliya

Kontrakt muddati: 06/2016

Tug‘ilgan sana': 22.11.1989

Bo‘yi: 193 sm

Vazni: 86 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 123

Urgan gollari * : 5

* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

Kristofer Lloyd Smolling 1989 – yil 22 – noyabrda London shahrida tug’ildi. Kris 9 yoshidan futbol o’ybashni «Valdersleyd Boys» da boshladi. Hech qaysi futbol akademiyasidan joy ololmaganiga qaramay, u futbol o’ynashda davom etardi. 2008 – yilning iyunida Londonning «Fulhem» jamoasi bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. 2008 – 2009 yilgi mavsumda markaziy himoyada ishonchli harakatlari bilan esda qoldi. 2009 – yilni 29 – may kuni mavsumni so’nggi o’yinini jamoa «Everton» ga qarshi o’tkazdi. O’sha uchrashuvda Roy Hodjson uni 77 – daqiqada zahiradan maydonga tushirdi. «Everton» ikki to’p natijasi bilan g’alabaga erishdi (2:0). 2009 – yilning 17 – sentabrida Kris «Fulhem» ning asosiy tarkibda o’z debyut uchrashuvini Yevropa Ligasi doirasidagi sofiyaning «CSKA» siga qarshi maydonga tushdi (1:1).

2009 – yilning 29 – dekabrida Kris Primer Ligada o’z debyutini o’tkazdi. «Stemford Bridj» maydoniga safar qilgan «Fulhem» 2:1 hisobida «Chelsi» ga mag’lub bo’ldi. Baxtga qarshi o’sha uchrashuvda Smolling hatolikga yo’l qo’ydi va o’z darvozasini ishg’ol qilib «ko’klar» ga g’alaba taqdim etib qo’ydi.

2010 – yilni 26 – yanvarida Kris Smolling «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagani haqida habar berildi. Faqat mavsum yakuniga yetganidan so’ng «Fulhem» ni tark etishi va yangi jamoasiga faqat 2010 – yilni 1 – iyulida kelib qo’shildi.