Jamoa / Tarkib /

Maykl Karrik

Nomer: 16

Fuqarolik: Angliya

Kontrakt muddati: 06/2016

Tug‘ilgan sana': 28.07.1981

Bo‘yi: 183 sm

Vazni: 75 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 359

Urgan gollari * : 22

* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

Maykl Kerrik o’z futbolchilik faoliyatini «Uollsend Boyz Klab» jamoasida boshlagan. O’z vaqtida ishbu klubdan Alan Shirer va Piter Bardsli kabi futbolchilar yetishib chiqqan. 1998 – yilda «Vest Hem Yunayted» akademiyasiga kelib qo’shildi. 1999 – yili klubdoshi Jou Koul bilan birgalikda yoshlar o’rtasidagi Angliya Kubogi g’olibiga aylanishgan. Finlada «Koventri Siti» jamosini 9:0 hisobida yengishgan, baxsda Maykl dublga erishgan.

1999 – 2000 yilgi mavsumda u «Suindon Taun» da ijarada harakat qildi so’ngra «Birmingem» ga o’tdi. O’sha yili u o’zini yaxshi jihatdan ko’rsata oldi va Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi bo’lishga ancha yaqin kelgan edi. Ammo bu sovrin «Liverpul» futbolchisi Stiven Jerardga nasib qildi.

2002 – 2003 yilgi mavsumda Kerrik qator jarohatlar tufayli ko’p o’yinlarni o’tkazib yubordi. Jamoa quyi divizionga tushib ketdi, birin ketin yetakchi futbolchilar jamoani tark eta boshlashdi. Jou Koul, Freddi Kanute, Jermen Defo boshqa jamoalarga o’tib ketishdi ammo Maykl klubini qiyin ahvolda tashlab ketmadi sodiqligi bilan jamoa muhlislari hurmatiga sazovor bo’ldi. Kelasi mavsum ular Primer Liga yo’llanmasi uchun baxsda mag’lubiyatga uchrashdi. Bu safar Kerrik o’z omadini «Tottenhem» da sinab ko’rishga qaror qildi. (transfer narxi 2.75 mln funt). Yangi jamoasida umumiy 75 o’yinda qtnashib 2 bor gol urdi.

2001 – yil may oyida Kerrik terma jamoadagi debyut o’yinini Meksika terma jamaosiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi bilan boshladi. Angliya o’sha baxsda 4:0 hisobida g’olib bo’ldi. 4 yillik tanaffusdan so’ng uni yana terma jamaoga taklif qilishdi. AQSH va Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. 2006 – yil terma bilan Germaniyaga Jahon chempionatida ham ishtirok etdi.

2006 – yilning yozida «Yunayted» jamaosi Kerrik bilan jiddiy qiziqib qoldi. Londonliklarni qarshiliklariga qaramay uzoq munozaralardan so’ng 18.6 mln funt evaziga Mayklni «qizil iblislar» ga berishga rozi bo’lishdi.

«Old Trafford» dagi o’tkazgan ilk mavsumida Kerrik maydon markazida Poul Skoulz bilan ajoyib tandem yaratib jamaoga ancha yordam berishdi. Bir so’z bilan aytganda jamaoga chempionlik olib kelishda yordam berib unga to’langan transfer mablag’ini oqladi.

«Yunayted» safida o’zining ilk golini «Aston Villa» darvozasiga kiritgan. O’yin 3:1 hisobi bilan yakunlangan. Chempionlar Ligasi chorakfinal baxsi «Roma» jamoasini 7:1 hisobida tor mor keltirishgan o’yinda Maykl bir biridan chiroyli ikki gol muallifi bo’lgan edi. Angliya chempionatida esa «Blekburn» , «Riding» , «Sheffild Yunayted» darvozalarini ham ishg’ol qilishga erishgan.

2007 – 2008 yillar mavsumida Kerrik «Yunayted» bilan 45 uchrashuvda qatnashdi. Oven Hargresning jamoaga kelib qo’shilish maydon markazi yarim himoyasida kuchli raqobatchi kelganidan darak edi ammo uning ko’rsatgan o’yini Ser Aleksga ko’proq ma’qul kelgan.

Maykl ajoyib tarzda to’pni jamoadoshlariga uzatish qobiliyatiga ega. Uni maydonda umuman ko’nimaydi degan tanqidlarga esa jamoa bilan birgalikda qo’lga kiritgan sovrinlari 2 marotaba Angliya chempioni va bir martta Chempionlar Ligasi sohibi bo’lishi munosib javob bo’la oladi.

2008 – 2009 yilgi mavsumda Kerrik jamoa safida 37 uchrashuvda qatnashdi va 4 bor raqib darvozalarini ishg’ol etdi. U haqiqiy ma’noda jamao yetakchisiga aylandi. Unda aniq to’p uzatishlar, kuchli zarbalar, maydonni yaxshi ko’ra olish qobilyatlari shakillanib bordi.

2009 – 2010 yillar mavsumida Kerrik jarohatlar tufayli, jamaodoshlarini himoyadagi bo’shliqlarini bir o’zi bartaraf etishga qiynaldi. Tanqidlarga uchradi, mavsumda kam o’yinlarda ishtirok etdi. Lekin shunday bo’lsa ham uni jamao g’alabasiga qo’shgan hissalari beqiyos edi. markaziy yarim himoyada ishtirok eta turib u 5 marotaba raqib darvozalariga gol urishga muvofaq bo’lgan.