Jamoa / Tarkib /

Eshli Yang

Nomer: 18

Fuqarolik: Angliya

Kontrakt muddati: 06/2016

Tug‘ilgan sana': 09.07.1985

Bo‘yi: 175 sm

Vazni: 65 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 86

Urgan gollari * : 11

* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

Eshli Saymon Yang 1985 – yil 9 – iyunda Stivnidje, Xardfordshir, Angliyada tug’ilgan. U o’z futbolchilik faoliyatini «Uotford» jamosida boshlagan 2003 – yilda ilk bor maydonga asosiy tarkibda tushib «Milliola» klubiga gol urgan. Keyingi mavsumda u «Uotford» jamosini asosiy tarkibidan mustahkam joy olgan, bir mavsumda 34 uchrashuv. Shu bilan u o’z klubida «Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» sovrinini qo’lga kiritgan.

2005 – 2006 yilgi mavsumda jamoa murabbiyi Endiy Butroyd uni hujum chizig’ida sinab ko’rdi. Natijada Eshli 41 o’yinda 15 gol urdi.

Eshli Yang bilan Primer Liganing bir necha klublari qiziqib, taklif bilan chiqishdi. «Vest Hem» 10 mln funt berishga tayyor edi ammo Yang taklifni rad etdi. So’ngra «Aston Villa» jamoasidan 2007 – yil 18 – yanvar kuni taklif tushdi. Eshli Yang uchun 8 mln funt to’landi. Yangi klubida o’tkazgan debyut o’yinidayoq «Nyukasl» jamoasiga gol urib jamoasiga 3:1 hisobida g’alaba qozonishiga yordam berdi.

2007 – 2008 yilgi mavsum ajoyib o’yinlari bilan bir necha bor uchrashuvni «eng yaxshi o’yinchisi» deb topildi. Shunday so’ng u mamlakat terma jamosiga ham taklifni qo’lga kiritdi. 2008 – yilda Yang Primer Ligani aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mavsum so’ngiga kelib u eng ko’p golga asistentlik qilish bo’yicha ham Fabregasdan so’nggi o’rinni egallab chempionatni ramziy jamoasiga kiritildi. Oktabr va dekabr oylarida ham u yana Primer Liganing eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Yakunda u Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga ega chiqdi.

2010 – 2011 yilgi mavsumda «Villa» ni jamoani ikkinchi sardori vazifasini bajara boshladi. «Villa Park» da o’tkazgan so’nggi mavsumda 39 uchrashuvda qatnashib 9 marotaba gol urib 14 bor gol urishga jamoadoshlariga asisstentlik qildi. 2011 – yil 23 – iyunda Eshli Yang «Yunayted» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer baxosi 17 mln funt evaziga tuzildi.