Jamoa / Tarkib /

Nik Pauell

Nomer: 22

Fuqarolik: Angliya

Kontrakt muddati: 06/2016

Tug‘ilgan sana': 23.03.1994

Bo‘yi: 183 sm

Vazni: 65 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 6

Urgan gollari * : 1

Status * : Аренда в Лестере до 1.06.2015

* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

Nikolas Edvord Pauell 23 – mart 1994 – yilda tug’ildi. 5 yoshga to’lganida o’zi tug’ilib o’sgan shaxardagi «Kryu Aleksandra» klubi akademiyasida futbolchilik faoliyatini boshlagan. Ushbu akademiyadan mashhur Denni Merfi, Din Eshton, Niki Meynard va Devid Von kabi futbolchilar yetishib chiqqan. 2010 – yilda «Kryu Aleksandra» jamoasida debyut o’yinini o’tkazgan vaqtida Pauell 16 yosh edi. Jamoadagi o’tkazgan birinchi mavsumida u 19 uchrashuvda qatnashdi. Keying mavsumda u o’ziga bildirilgan ishonchni oqladi va 38 o’yinda 14 marotaba gol urishga erishdi. Dekabr oyining eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo’lga kiritgan Pauell 10 mart kuni «Jillengem» jamoasiga 30 metr uzoqlikdan zarba berib shedevr gol urib hammani e’tiboriga tushdi. U urgan gol mavsumdagi eng chiroyli gol deb topildi.

Keyinchalik u yana shunga o’xshash gol bilan kerakli g’alaba va jamoasini yangi pog’onaga yuqoriroq divizionga yo’llanmani qo’lga kiritishi yordam berdi. Niki yana jamoa to’purariga ham aylandi. U turli yoshlarda mamlakat termasidagi o’tkazgan umumiy 25 uchrashuvida 6 bor gol urgan.

Nik ajoyib jismoniy holatga ega, 183 sm bo’yga ega bu futbolchi o’yinni o’qiy olish hususiyatiga ega. Ayniqsa unda muhum o’yinlarda tashabbusni o’z zimmasiga ola bilish qobiliyati mavjud.

Nik o’zi himoya bilan yarim himoya orasidagi chiziqda harakatlanishni yoqtiradi. U yosh, mehnatsevar va kuchli hamda aniq zarbaga ega futbolchi.

2012 – yil 12 – iyulda «Yunayted» hamda futbolchi bilan 4 yillik shartnoma tuzilganini e’lon qilishdi. U jamoada 25 – raqamda to’p suradi huddi «Kryu Aleksandra» jamoasidagi kabi.