Jamoa / Tarkib /

Antonio Valensiya

Nomer: 25

Fuqarolik: Ekvador

Kontrakt muddati: 06/2017+1

Tug‘ilgan sana': 4.08.1985

Bo‘yi: 181 sm

Vazni: 78 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 191

Urgan gollari * : 21

* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

Luis Antonio Valensiya Maskuera 4 – avgust 1985 – yili Ekvadorning Noela Loha shaxrida tug’ildi. Uni Tonio Maravilla laqabi bilan atashardi, ispanchadan tarjima qilganida «G’aroyib Tonio» ma’nosini beradi. U futbolchilik faoliyatini «El Nasonal» klubida o’tkazgan. 2001 yili shu klub tarkibida 84 o’yinda ishtirok etib 20 ta gol urishga erishgan. Jamoa harbiy qurolli kuchlari tarkibida bo’lgan va klubda faqat Ekvador fuqorolarigina to’p surishlari mumkin edi.

So’ngra Antonio Ispaniyaning «Villareal» jamoasiga o’tgan tarkibda 2 uchrashuv o’tkazganidan so’ng uni «Rekreativo» jamoasiga ijaraga berib yuborishgan.

2005 – yil 25 – mart kuni Ekvador terma jamoasida debyut o’yinini Paragvay termasiga qarshi o’tkazgan. Uchrashuvda Ekvador termasi 5:2 hisobida g’olib kelgan va Valensiya uchrashuvda dubl qayd etgan.

2006 – yili Germaniyada bo’lib o’tgan Jahon Chempionatida jamoasi bilan ishtirok etib yakunda turnir ramziy terma jamaosiga kiritilindi.

2006 – yili Valensiya «Uigan» tarkibiga ijara asosida kelib qo’shildi. 19 – avgust kuni yangi jamaosidagi debyut o’yinida qatnashdi. «Nyukasl» bilan bo’lib o’tgan baxsda jamaosi 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchradi. «Uigan» futbolchini ijara muddatini yana bir yilga uzaytirishga kelishib olishdi. 18 – yanvar 2008 – yilda esa jamoa bilan 4 yarim yillik shartnoma tuzdi. «Manchester Siti» ga urgan fantastic golidan keyin «Uigan» jamoasi rahbari Deyv Uelan Valensiya bilan «Yunayted» jamoasi jiddiy qiziqayotganini e’lon qildi.

2009 – yil 30 – iyunida «Manchester Yunayted» bilan 4 yillik shartnoma imzolandi. Transfer bahosi 16 mln funtni tashkil etdi. Uni jamoaga qo’shilishini hamma Ronaldo o’rnini bosishini kutishdi va bu unga qo’shimcha bosim yaratib berdi. Portugaliyalik futbolchi kabi yuqori texnikali driblingga ega bo’lmasa ham Valensiyadan to’pni olib qo’yish unchalik onson vazifa emas edi. Uni raqib jarima maydoniga qanotlardan yorib kirib to’pni jarima maydonchasiga yetkazib berish vazifasini juda yaxshi epladi.

Ilk mavsumida Valensiya jamoa tarkibida 37 uchrashuvda qatnashdi va 7 bor gollarda asisstentlik vazifasini bajardi. Tarkibda ilk golini «Bolton» jamoasiga kiritdi. Mehmonda o’tgan Moskvaning «MXSK» jamoasiga ham g’alaba kelturuvchi golini urdi.

Jismoniy jihatdan kuchli tayyorgarlikga ega ekanligi, tezkorlik, to’pni gavdasi bilan berkita olish jihatlari jamoa o’yinlarida juda katta foyda olib kelardi. Hujumdagi harakatlari bilan bir qatorda uni himoyada ham ishonchli o’yin ko’rsata olishi mavsum yakuniga ko’ra boshqa jamoadoshlari Fletcher, Runi, Evra bilan birgalikda chempionat ramziy termasiga kiritildi.