Jamoa / Tarkib /

Maruan Fellayni

Nomer: 27

Fuqarolik: Belgiya

Kontrakt muddati: 06/2018

Tug‘ilgan sana': 22.11.1987

Bo‘yi: 193 sm

Vazni: 83 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 21

0
* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

Maruan Fellayni 22 – noyabr 1987 – yil Belgiyaning Etterberk shaxrida tug’ildi. Asli kelib chiqishi Marokashlik bo’lgan Fellayni futbolchilik faoliyatini 7 yoshida «Anderlext» akademiyasida boshlagan. 3 yildan so’ng «Mons» klubiga o’tdi. Keyinchalik «Bussu Dur Barindaj» va «Sharlerua» jamoalarida to’p surdi. 2004 - yilda «Standart» jamoasi sharfini himoya qila boshladi. So’ng 2 yildan so’ng jamaoning asosiy tarkibida debyutini o’tkazdi. 2006 – yildan 2008 – yilgacha jamaoda 64 uchrashuvda ishtirok etib 9 marotaba gol urgan.

2008 – yilda «Everton» jamoasi uni 12 mln funt evaziga o’z jamoasiga qo’shib oldi. «Gudeson Park» da Devid Moyes bilan birga ishlashga erishgan Fellayni jamosi bilan 173 uchrashuvda ishtirok etib 32 bor gol urishga erishgan.

19 yoshida Belgiya terma jamaosida debyut o’yinini o’tkazgan va hozirgacha 42 o’yinda tarkibda maydonga tushib 7 bor raqib darvozalarini ishg’ol qilgan.

2013 – yil 2- sentabr kuni 27.5 mln funt evaziga «Yunayted» safiga kelib qo’shildi.