Jamoa / Tarkib /

Ueyn Runi

Nomer: 10

Fuqarolik: Angliya

Kontrakt muddati: 06/2019

Tug‘ilgan sana': 24.10.1985

Bo‘yi: 180 sm

Vazni: 75 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 442

Urgan gollari * : 216

* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

Ueyn Runi dunyodagi eng qimmat o’smir futbolchisi bo’lgan. U «Manchester Yunayted» tarkibiga 30 mln funt evaziga kelib qo’shilagan.

2004 – yil 31 – avgust kuni «Everton» dan «Old Trafford» ga transfer oynasi yopilishidan bir necha soat oldin kelib qo’shilgan.

2002 – 2003 yilgi mavsumda Runi 16 yoshida ilk bor Primer Liga baxsida «Arsenal» ga so’nggi daqiqalarda gol urib «Everton» ga g’alaba olib kelgan.

Ueyn Runini mamlakat terma jamoasi tarkibida o’ynagan eng yosh futbolchi bo’lib tarixda qoldi. 2003 – yil fevralida u ilk o’yinini Avstraliya terma jamaosiga qarshi o’tkazgan. Birinchi golini esa 17 yoshida Makedoniya termasiga qarshi kiritgan.

2004 – yil 28 – sentabrda «Yunayted» tarkibidagi eng omadli debyut o’yinini Turkiyaning «Fenerbaxchi» klubiga qarshi o’tkazgan. Uchrashuvda 3 bor gol urib het – trik ni qayd etgan. O’yin 6:2 hisobida «Yunayted» g’alabasi bilan yakunlangan.

2004 – 2005 yilgi mavsumda Runi Primer Ligada 17 goli bilan to’purar deb topildi.

2005 – 2006 yilgi mavsumda ham Runi uchrashuvlarda o’zini klub yetakchisi sifatida ko’rsatishda davom etdi. U mavsumda 19 bor raqib darvozalarini ishg’ol etdi. 8 – raqam ostida o’ynaydigan Runini muhlislar «Ser Met sovrin» iga haqli futbolchi deb topishdi. Bu sovrin «Yunayted» tarkibida mavsumdagi eng yaxshi futbolchilarga topshiriladi.

2006 – 2007 yilgi mavsumda Runi «Fulhem» darvozasiga 2 bor to’p urganidan so’ng 13 uchrashuvda o’yinlarni golsiz tark etdi. «Bolton» bilan bo’lgan o’yinda Runi yana o’z to’purarlik mahoratini ko’rsatdi va het – trikga erishdi. Keyinchalik «Sheffild Yunayted» jamoasiga 2 bor to’p kiritdi.

2006 – yilni noyabr oyida Runi jamoa bilan yangi 6 yillik shartnomani tuzdi. 2012 – yilga qadar u jamoadan 36 mln funt maosh olishiga kelishib olindi.

2007 – 2008 yilgi mavsumda Runi 18 bor gol urib «Yunayted» ga muhim g’alabalarni keltirishda o’z hissasini qo’shdi. Uni jamoadoshi Karlos Teves bilan hujumdagi tandem raqib himoyachilariga har doim tashvish keltirgan.

2008 – 2009 yilgi mavsumda Runi 39 uchrashuvda ishtirok etib 20 bor raqib darvozalariga gol urdi. Bu ko’rsatgich Krishtiano Ronaldo kiritgan to’plardan biroz kamroq edi. Ser Aleks Runini asosan qanotlarda sinab ko’ra boshladi. U esa o’zini markaziy hujumda erkin his qilishini tez tez ta’kidlab kelardi. Bu holatni murabbiy keying mavsumda ko’rib chiqishiga umid qildi.

2009 – 2010 yilgi mavsumda Ronaldo jamoadan ketganidan so’ng hujum chizig’ida Runi o’zining sevimli markaziy hujum chizig’iga o’tib harakat qila boshladi. Bu esa o’z foydasini keltirdi. 6 uchrashuvda 6 marotaba gol urishga erishgan Runi o’sha mavsumni o’zi uchun omadli kelgan hisobladi.

Keyinchalik Runi yana to’p urarlik qobiliyatini uchrashuvlarda namoyish eta boshladi. Uni «Portsmut» ga urgan 3 goli, bir o’zi «Hall» ga kiritgan 4 goli uni qanday yaxshi sport formasida ekanligini ko’rsatib turardi.

O’sha mavsumda jamoa bilan 42 uchrashuvda ishtirok etdi va 34 bor darvozalarni ishg’ol etdi. «Bavariya» bilan bo’lib o’tgan o’yinda olgan jarohati mavsumni shunday baland notada yakunlashga yo’l qo’ymadi. Mavsum yakunlariga ko’ra jurnalistlar orasidagi so’rovlar natijasida RFA va Primer Liganinig eng yaxshi futbolchisi deb topildi.