Jamoa / Tarkib /

Fil Jons

Nomer: 4

Fuqarolik: Angliya

Kontrakt muddati: 06/2016

Tug‘ilgan sana': 21.02.1992

Bo‘yi: 180 sm

Vazni: 71 kg

Clubdagi o‘yinlari * : 104

Urgan gollari * : 5

* — statistika mavsum so‘ngida yangilinadi

Filip Entoniy Jons 21 – fevral 1992 – yili Preston shaxrida tug’ildi. 2002 – yili u «Blekburn» yoshlar jamoasiga kelib qo’shildi va o’z futbolchilik faoliyatini boshladi. 2009 – 2010 yilgi mavsumda u «Blekburn» bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Maydonda 28 – raqam ostida to’p sura boshladi.

Jamoani asosiy tarkibidagi debyut o’yini 2009 – yil 22 – sentabrda bo’ldi. Liga kubogida «Nottingem Forest» ga qarshi bo’ldi. O’sha o’yinda raqibdan 1:0 hisobida ustunlikga erishishdi. 21 – mart 2010 – yilda Jons Primer Liga o’yinlarida debyutini «Chelsi» ga qarshi baxs bilan boshladi. Hisob durrang ko’rinishida yakunlandi 1:1.

Omadli yakunlangan mavsumdan so’ng Fil Jons 2010 – yilning 4 – may kuni «Blekburn» bilan yana 4 yillik shartnoma tuzdi. Klubning markaziy himoyasida ishonchli o’yinlari orqali Primer Liganing 24 uchrashuvida maydonga boshlang’ich tarkibda tushdi va bir marotaba o’yinni zahiradan tushib davom ettirgan. U ko’proq himoyani markazida ancha samarali o’yinlar ko’rsatadi bundan tashqari unga markaziy yarim himoya ampulasi ham begona emas.

Maydonda u o’yinni o’qiy olish qobiliyatiga ega. Baland bo’yi unga havodan kelayotgan to’plarga egalik qilish imkoniyatini beradi. Fil himoyada tez va shiddatli o’yin ko’rsatadi. Primer Liganing qator yuldushlari jumladan Ueyn Runiy ham uni Ligadagi eng kuchli himoyachi sifatida tan oladi, unga qarshi o’yin ko’rsatish har doim raqib jamoaga qiyinchiliklar olib kelgan.

2011 – yilni 11 – iyunida Fil Jons «Blekburn» jamoasidan 16.5 mln funt evaziga «Manchester Yunayted» klubi bilan shartonmaga ega bo’ldi. Klub ixtiyoriga Angliya yoshlari bilan Yevropa chempionati tugagandan so’ng kelib qo’shildi.