Янгиликлар /

Reshford Golden boy mukofotiga nomzod

Мақола нашр қилинди

Italiyaning Tuttosport  nashri Golden Boy mukofotiga nomzod bo‘lgan futbolchilar nomini e’lon qildi. Nomzodlar orasida «Manchester Yunayted» jamoasining 18 yoshli futbolchisi Markus Reshford ham o‘rin olgan.

Ushbu mukofot g‘olibi yevropaning 11 nafar sport nashrilari jurnalistlari tomonidan aniqlanadi. Bular qatorida France Football, Marca, Bild va «Sport-Ekspress» nashrlari ham o‘rin olgan. Shuningdek muhlislar tomonidan onlayn ovoz berish ham hisobga olinadi. Markus Reshford nomzodini maqqullash uchun quyidagi havolaga o‘tish lozim bo‘ladi.

Golden Boy mukofoti 2003 yildan buyon 21 yoshgacha bo‘lgan yevropaning kuchli chempionatida to‘p surayotgan futbolchilarga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, mukofotning o‘tgan yilgi g‘olibi Antoni Marsyal hisoblanadi. Bungacha ushbu mukofotga «qizil iblislar» a’zosi bo‘lgan Ueyn Runi va Anderson ham qo‘lga kiritgan.  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.