Янгиликлар /

Ser Aleks fahriy fuqaroga aylandi

Мақола нашр қилинди

Kecha Ser Aleks Fergusonga Trafford rayoni fahriy unvonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Serga maxsus «unvon» bilan birgalikda «Old Trafford»ga tutash «Water,s Rich» ko‘chasiga uning nomi berildi. Endi sobiq «Water\'s Rich» ko‘chasi Sir Alex Ferguson Way nomi bilan yuritiladi.

Shu yilning sentabrida Ser Aleks ushbu rejalar haqida gapirib o‘tgan edi: «Meni Trafford organining bunday eʼtibori juda xursand qildi. 1986 yil «Old Traffford»ga kelganimda bunday narsalar meni kutayotganini bilmas edim. Mening «fahriy» degan nom bilan eʼtirof etilishim va ko‘chalarning birining nomi mening ismim bilan atalshi bu — ajoyib.»

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.