Жамоа /

Myunxen fojiasi

1958 yil 6-fevral… Bu sanani nafaqat «Manchester Yunayted» muxlislari, balki butun futbol axli qayg‘u bilan eslashadi.

O‘sha kuni «Manchester Yunayted» jamoasi, jurnalistlar va muxlislarni o‘z bortiga olgan samolyot Myunxen aeroportidan ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi...

Samolyotdagi qirq uch kishidan yigirma uchtasi halok bo‘ldi… Bundan bir kun oldin «Manchester Yunayted» Belgradda maxalliy «Red Star» («Srvena Zvezda») jamosiga qarshi o‘ynagan va g‘alaba qozonib, Yevropa Chempionlari Kubogi bahsining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Jamoani uyiga olib ketayotgan samolet Myunxen aeroportiga yoqilg‘i to‘ldirish uchun qo‘ngandi...

Halokatdan omon qolganlardan biri — Bill Foulks shunday xikoya qiladi:

Samolyotning orqa qismi yo‘q edi. Men yugurgancha tashqariga chiqdim. Nima bo‘lganini tushunmasdan faqat oldinga qarab yugurardim. Keyin ortga qaradim va samolyot portlamasligiga amin bo‘lgach, orqaga qarab yugura boshladim.

Rodjer Bern o‘z o‘rindig‘iga ximoya bog‘ichi bilan bog‘langan edi, boshqa o‘rindiqda esa Bobbi Charlton qimirlamasdan yotardi. Keyin Gari Gregg paydo bo‘ldi va biz ikkimiz muhtojlarga yordam bera boshladik. Ikki jamoadoshimiz og‘ir jaroxatlangan Met Basbini tashqariga olib chiqishdi. Bobbi Charlton ham xushiga kelib, bizga qarasha boshladi. Xamma jarohatlanganlarni Myunxendagi «Rechts de Isar» kasalxonasiga olib ketishdi. Biz falokatning qay daraja dahshatli ekanligini ertasi kunigina xis qildik.

Palataga kirganimizda kislorod maskasi tagida yotgan Met Basbini, og‘ir jarohatlangan Dunkan Edvardsni, boshi bog‘langan Bobbi Charltonni, qo‘llari bint bilan bog‘langan Jeki Blanchflauerni ko‘rdik. Albert Skanlon ko‘zlarini yumgancha jim yotardi. Rey Vuud kontuziya xolatida, Ken Morgans va Jonni Berrilar xam o‘rinlaridan qimirlay olishmasdi.

Men xamshira bilan do‘stlarimning holati haqida bir oz gaplashdim va palatadan chiqa turib, «-Qolganlarni kachon ko‘rsam bo‘ladi?», deb so‘radim. Xamshira javob berish o‘rniga ko‘zini olib qochdi.

  • Men yana: «Qolganlar qani?», deb so‘radim.
  • Shunda xamshira: «Qolganlar? Qolganlar yo‘q, xamma mana shu palatada yotibdi», deb javob berdi.

Ana shu javobdan keyingina biz sodir bo‘lgan halokat dahshatini to‘liq xis qildik. Basbi bolalari endi yo‘q edi.

Rodjer Bern, Geoff Bent, Mark Jons, Devid Plegg, Liam Vilan, Eddi Kolman va Tommi Teylor o‘sha zaxotiyoq halok bo‘lishdi.

Jamoa kotibi Volter Krikmer, murabbiylardan Tom Karri va Bert Volleylar xam omon qolishmadi. Dunkan Edvards va Jonni Berrilar og‘ir jaroxat olib, o‘lim to‘shagida yotishardi.

Met Basbi ko‘p sonli jaroxatlardan azob chekardi. U safarga chiqqan jamoa boshqaruvidagilardan omon qolgan yagona kishi edi. O‘lim bilan olishib yotganlardan ikkitasi xayotga qaytdi. Dunkan Edvards va Kenett Reyment kasalxonada jon berishdi.

Met Basbining yaqin do‘sti va assistenti Jimmi Merfi xikoya qiladi:

Safarga chiqqanimizda men har doim Met bilan birga o‘tirardim. Bu gal esa, uning iltimosiga ko‘ra, Yugoslaviyaga uchmadim. To‘g‘risini aytsam, o‘sha vaqtlarda men Yugoslaviyadagi o‘yindan ko‘ra chempiontadagi o‘yinlar haqida ko‘proq o‘ylardim.

Shunga qaramasdan Metning yonida emasligimdan xafa edim. Uelsdan Old Traffordga qaytgan kunim, Metning kotibasi Elma Jorj menga samolyot halokatga uchraganligi hakidagi xabarni aytdi.

Bu xabar meni karaxt qilib quydi. Eshitgan xabarimga ishongim kelmasdi. Elma menga qarab turib, yig‘lab yubordi va ko‘pchilik xalok bo‘lganligini, biroq kim va necha kishiligini bilmasligini aytdi.

Uning so‘zlarini eshitardim-u. biroq maʼnosiga tushunmasdim. Jimgina o‘z ofisimga keldim va o‘tirib yig‘lab yubordim». Ertasi kuni Jimmi Merfi Myunxenga o‘chdi va u erda ko‘rgan holatdan yuragi uvishib ketdi: «Met kislorod maskada yotgan edi. U menga: «keep the flag flying», dedi. Dunkan meni tanidi. Bu dahshatli, juda dahshatli!

Basbi o‘ziga kelgach, shunday dedi: «Biz baribir bu laʼnati kubokni yutamiz! Halok bo‘lgan o‘rtoqlarimiz haqqi-hurmati yutishimiz shart!»

Metning bu so‘zlariga javoban Angliya jamolarining murabbiylari Manchesterga o‘zlarining eng yaxshi yosh futbolchilarini jo‘natdilar: shu tariqa jamoaga keyinchalik Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan shotlandiyalik Dennis Lou va irlandiyalik Jorj Bestlar kelib qo‘shildi. Kapitan Bobbi Charlton esa jamoaning yo‘lboshlovchisiga aylandi.

1965 yilda mankunianliklar yana Angliya chempioniga aylanishdi. 1968 yili esa ular o‘zlariga bergan vaʼdaning ustidan chiqishdi. Final yo‘llanmasi uchun kurashda Madridning Real jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi. Uyida 1:0 hisobida g‘alaba qilgan manchesterliklar Madridda birinchi taymdan so‘ng 1:3 hisobda mag‘lubiyatga uchrayotgan edilar.

Biroq ikkinchi taymda «Yunayted» hisobni tenglashtirdi, hal qiluvchi golni esa himoyachi Bill Foulks kiritdi.

O‘yindan so‘ng Bill ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. Finalda angliyaliklarni Eysebio boshchiligidagi «Benfika» kutib turardi. O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha vaqtda esa, Bobbi Charlton, Kidd va Jorj Bestlarning saʼyi-harakatlari o‘laroq, hisob 4:1 ga aylandi. Final xushtagi yangragach, Myunxen fojeasidan omon qolgan Met Basbi, Bill Foulks va Bobbi Charlton qo‘l ushlashib maydon markaziga chiqishdi. Butun stadion ularni tik turib olqishladi.

Bu haqda Bobbi Charlton shunday yozgan edi:

«Vaʼda bajarildi, men halok bo‘lgan do‘stlarimga bergan so‘zimning ustidan chiqa oldim. Bu mening xayotimdagi eng muhim g‘alaba»...