Lavozimi: Bosh murabbiy
Tug‘ilgan sanasi: 08.08.1951
Tug‘ilgan joyi: Amsterdam, Gollandiya
Aloizius Paulus Mariya van Gal 1951 yili 8 avgustda Amsterdamda tavallud topgan. Bolalik chog‘larida «De Mer» jamoasining yoshlari tarkibida ishtirok etgan. 20 yoshdan boshlab esa Amsterdamning «Ayaks» jamoasining ikkinchi jamoasi tarkibiga borib qo‘shildi. Jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushuish uchun u o‘sha paytning yulduz futbolchilari Kroyf va Neskens bilan raqobatlashishi kerak edi. Shundan so‘ng Van Gal belgiyaning «Antverpen» jamoasi tarkibiga yo‘l oldi va u yerda belgiyalik mashhur mutaxassis murabbiy Gi Tis qo‘l ostida faoliyat olib bordi. 1974 va 1975 yil Belgiya chempionatining sovrindorlari qatoridan joy oldi. Belgiyada o‘tkazgan 4 yildan so‘ng van Gal 1977 yil yana o‘z yurtiga qaytdi va ruminiyalik murabbiy Chircha Petesku qo‘l ostidagi «Telstar» jamoasi tarkibida maydonga tushdi. So‘ngra Lui Rotterdamning «Sparta» jamoasiga yo‘l oldi. Ushba jamoa safida van Gal 8 yil to‘p surdi va shu vaqt oralig‘ida 243 uchrashuvda ishtirok etib 26 golning muallifiga aylandi. 1986 yilda esa «AZ-Alkmar» jamoasi tarkibiga borib qo‘shildi. Oradan bir yil o‘tgandan so‘ng murabbiylik faoliyatini boshlab bosh murabbiy assistenti lavozimida ishlay boshladi.
Murabbiylik faoliyatini rasman 1988 yilda boshladi. O‘sha vaqtdagi «Ayaks» jamoasi bosh murabbiy Leo Benxakker van Galni o‘ziga yordamchi sifatida qabul qildi. 1991 yil Benxakker jamoani tark etgandan so‘ng esa van Gal jamoaning bosh murabbiysiga aylandi. Uning qo‘l ostida amsterdam jamoasi Gollandiya Kubogi (1993) Gollandiya Superkubogi (1993 94,95), mamalakatning uch karra chempioni (1994,1995.1996) . Yevropa maydonlarida esa UEFA kubogi (1992), Chempionlar ligasi (1995), UEFA Superkubogi (1995) va Qit’alaro Kubok (1995) g‘olibligini qo‘lga kiritishdi. 1996 yil Chempionlar ligasi finalida Van Gal boshchiligidagi jamoa turinning «Yuventus» jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchradi. Lui van Gal jamoasida faoliyatini boshlab to‘p surgan bir qator futbolchilar Patrik Klyuyvert, Mark Overmas, Dennis Bergkamp, aka-uka de Burlar, Edgar Davids,Klarens Zeedorf, Mixael Raysiger va Edvin van der Sar keyinchalik Gollandiya terma jamoasining yetakchi futbolchilariga aylandi. «Ayaks» jamoasi bilan shartnomasi nihoyasiga yetgandan so‘ng Gollandiya qirolichasi tomonidan ko‘rsatgan xizmatlari uchun Oransk-Nassau kavalerlik ordeni bilan mukofotlandi.
1997 yilda esa van Gal Ispaniyaga yo‘l oldi va «Barselon» jamoasida Bobbi Robson o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlandi. Kataloniyaliklar bilan UEFA Superkubogi (1997) ikki karra Ispaniya chempioni (1997-98 ,1998-99) va Qirol Kubogi (1998) sohibiga aylandi. «Barsa» dagi vaqtida van Galni OAV va muhlislar doimiy ravishda tanqid ostiga olishdi. Van Gal esa o‘z futbol filosofiyasini o‘zgartirishni istamas edi. «Barselona» jamoasining bir qator futbolchilari unga murabbiyga bo‘ysunishni hohlamas edilar. Misol qilib, van Gal jamoa futbolchisi Rivaldoni chap qanot hujumchisi sifatida o‘ynashini hohlasa, futbolchi markazda to‘p surish istagida edi.
Van Gal 2000 yil 20 mayda «Barselona» jamoasini tark etdi. Uning mashhur iborasi hammaning yoddida qoldi: «Matbuotdagi do‘stlarim. Men ketayapman. Tabriklayman». Shundan so‘ng murabbiy Gollandiyaga qaytib keldi va terma jamoani qabul qilib oldi. 2002 yilgi Jahon chempionati saralash uchrashuvlaridagi omadsiz o‘yinlar oqibatida Gollandiya terma jamoasi JCh 2002 dan quruq qoldi. 2002-03 mavsumdan gollandiyalik murabbiy yana «Barselona» jamoasiga qatib bordi. Lekin, uning qo‘l ostida jamoa notekis o‘yinlar namoyish qilishi oqibatida 2003 yil yanvar oyida van Gal jamoadan ketishga majbur bo‘ldi.
2004 yil qisqa muddat davomida «Ayaks» jamoasiga qatib texnik direktorlik lavozimida faoliyat olib bordi. 2005 yildan boshlab yana o‘zining qadirdon jamoasi «Alkmа́r Zanstrе́k» («AZ») jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning qo‘l ostida jamoa birinchi yili Gollandiya chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2006-07 yilgi mavsumda esa jamoa 3-o‘rin bilan kifoyalandi. 2008-09 mavsumda «AZ» jamoasi tarixda ikkinchi bor mamlakatning chempioniga aylanib oltin medallarga egalik qildi .
2008-09 mavsum yakunida esa «AZ»jamoasiga Ronald Kuman bosh murabbiy etib tayinlandi. Van Gal esa Myunxenga yo‘l oldi va 2009 yil 1 iyul oyidan boshlab «Bavariya» jamoasining bosh murabbiyi vazifasiga kirishidi. 2009-10 mavsum myunxen jamoasi oltin dubl qayt etib Bundesliga g‘olibi va Germaniya Kubogini qo‘lga kiritdi. O‘sha yili jamoaga «Real Madrid»dan Aren Robben olib kelindi va jamoaning xozirgi kundagi asosiy o‘yinchilari Myuller, Badshtuber va Shvayntaygerlar yetishib chiqdi. 2010-11 yilgi mavsumni van Gal jamoasi bilan Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bir necha omadsiz uchrashuvlardan so‘ng 2011 yil 7 aprelda van Gal jamoani tark etishga majbur bo‘ldi.
2012 yil 6 iyuldan boshlab Lui van Gal yana Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlandi va jamoani JCh 2014 baxslariga tayinladi. Saralash uchrashuvlarining 9 tasida g‘alaba qozongan terma jamoa bir bora durrang natijani qayt etdi. To‘plar nisbai esa 34-5 gollandlar foydasiga. Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCh 2014 da van Gal terma jamoa bilan 3 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Van Gal 1995 yil World Soccer nashri tomonidan «Yil murabbiyi», fransuzlarning Onze Mondial jurnali tomonidan «eng yaxshi murabbiy» (1995), Rinus Mixels nomidagi Gollandiya futbolining eng yaxshi murabbiyi (2007, 2009). Shuningdek, Gollandiyada eng yahshi sport murabbiyi (2009) va Germaniyada yil murabbiyi (2010) kabi mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan.
2014 yil 19 mayda «Manchester Yunayted» jamoasi van Gal bilan uch yillik shartnoma imzolagannini rasman e’lon qildi.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Rayan GiggzLavozimi: Bosh murabbiy assistenti
Tug‘ilgan sanasi: 29.11.1973
Tug‘ilgan joyi: Kardiff, Uels
Rayan Giggz 1973 yil 29 noyabrda Kardiffda tavallud topgan. «Manchester Yunayted» jamoasining afsonaviy futbolchisi Britaniyaning eng ko‘p mukofotni qo‘lga kiritgan (34 mukofot, 13 karra Angliya chempioni) va «qizl iblislar» tarkibida rekord 963 uchrashuvda maydonga tushgan. 2013 yil yozda Rayan murabbiylik litsenzisini qo‘lga kiritdi, ushbu mavsum yakunida esa UEFA murabbiylik litsenzisini olish niyatida. 2014 yil 22 apreldan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasida ishlagan. 2014-15 yilgi mavsumdan esa Lui van Galga assistentlik vazifasini bajarib kelmoqda.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Albert StyoyvenbergLavozimi: Bosh murabbiyi yordamchisi
Tug‘ulgan sanasi: 05.08.1970
Tug‘ulgan joyi: Rotterdam, Gollandiya
Albert Styoyvenberg 1970 yil 5 avgustda Rotterdam shahrida tavallud topgan. «Feyenoorda» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi, futbolchi sifatida «Xarlem» va «Telstar» jamoalrida to‘p surgan. 1986 yila og‘ir jarohat olgan va oradan uch yil o‘tib futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan. Murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritgandan so‘ng 1992-2004 yillar davomida «Feyenoord» yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan. Shuningdek ushbu yillar davomida Belgiya jamoalari bilan ham hamkorlik ishlarin olib borgan. 2004-2006 yillarda Abu-Dabining «Al-Djazira» jamoasida ishlagan.So‘ngra Gollandiyaga qaytib 17 yoshlilar terma jamoasiga murabbiylik qildi. Va yoshlar terma jamoasi bilan 2007 yil Belgiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Yoshlar terma jamoasi bilan Turkiya (2008 yil yarim final), Germaniya (2009 yil, 2-o‘rin), 2011 yil Serbiyada va 2012 yil Sloveniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatlarida esa Gollandiya 17 yosh terma jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2013 yildan boshlab esa Gollandiya 21 yoshlari terma jamoasi murabbiyligiga tayinlandi. 2014 yozdan esa «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Galga Rayan Giggz bilan birgalikda yordam berib kelmoqda.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Marsel ButLavozimi: Murabbiy
Tug‘ilgan sanasi: 18.11.1962
Tug‘ilgan joyi: Amsterdam, Gollandiya
Marsel But 1962 yil 18 noyabrda Amsterdam shahrida tug‘ilgan.Murabbiylik faoliyatini 1995 yildan «Feyenoord» jamoasida boshlagan va 2004 yilga qadar Rotterdam shahri jamoasida ishlagan. So‘ngra FK «Volendam» jamoasiga o‘tgan. Ikkala jamoada ham turli vazifalarda faoliyat olib borgan, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy, mashg‘ulotlar rahbari va bosh skaut. 2006 yildan esa «AZ Alkmar» o‘rinbosarlar jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. O‘sha yildan Lui van Gal bilan yo‘llari kesishgan. Chunki o‘sha vaqtda van Gal «AZ Alkmar» bosh murabbiyi vazifasida ishlar edi. 2009 yil yozda van Gal «Bavariya» jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach But FK «Telstar» jamoasiga yo‘l oldi. 2010-11 yilgi mavsumdan esa Myunxenning «Bavariya» jamoasi murabbiylar shtabiga ishga qabul qilindi. Lui jamoadan ketgach esa, But Myunxen jamoaning yangi bosh murabbiyi Yuppe Xaynkesga yordam bera boshladi. Keyinchalik Gollandiya 21 yoshlilar terma jamoasida bosh murabbiy assistenti, texnik analitik va skaut vazifalarini bajargan. Yana bir bor Lui van Gal bilan JCh-2014 musobaqalarida Gollandiya terma jamoasida ishlagan. Jahon chempionati yakunilangandan so‘ng 2014-15 mavsumdan boshlab «Manchester Yunayted» jamoasiga murabbiy sifatida qabul qilindi.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Frans XukLavozimi: Darvozabolar murabbiyi
Tug‘ulgan sanasi: 17.10.1956
Tug‘ilgan joyi: Xorn, Gollandiya
Darvozabonlar murabbiyi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Frans Xuk 1956 yil 17 oktabrda Xorn shahrida tavallud topgan. Futbolchi sifatida 1973-1985 yillarda «Volend» jamoasi sharafini himoya qilgan. Uning jamoasi 1977 yilda Gollandiya chempionati oliy ligasiga yo‘l oldi ikki yil o‘tib esa «Volend» yana quyi ligaga tushib ketdi. Xuk 1985 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Xuk amsterdamning «Ayaks» jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ish boshladi. 1990 yilda «Ayaks» jamoasida van Gal bilan birgalikda faoliyat olib bordi. O‘sha yillari Xuk mashhur darvozabon Edvin van der Sarni tarbiyalay boshladi. 1997 yil van Gal bilan birgalikda «Barselona» jamoasiga yo‘l oldi. 2000-02 yillarda esa Gollandiya terma jamoasida, so‘nga yana «Barselona» jamoasida darvozabolar bo‘yicha murabbiy vazifasida ishladi. 2006-2009 yillar davommida Polsha milliy terma jamoasida Leo Benxakker boshchiligidagi murabbiylar shatabidan o‘rin oldi Germaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ishtirok etdi. 2009 yilda myunxenning «Bavariya» jamoasi darvozabonlari murabbiyi. 2012 yildan esa yana Gollandiya terma jamoasiga murabbiylar shtabiga qaytdi. Frans Xuk Gollandiya murabbiylar Akademiyasi instruktori shuningdek UEFA texnik instruktori vazifalarida ham faoliyat yuritadi. Murabbiylik faoliyati davomida bir qator davrvozabonlar bilan ishlagan: Stenli Meso, Edvin van der Sar, Fred Grim, Edvin Zutebir, Sander Vesterfeld, Ruud Xesp, Viktor Bayya, Franchesk Arnau, Richard Dutruel, Albert Xorkera, Pepe Reyna, Roberto Bonano, Viktor Valdes, Manuel Noyer. 2014-15 mavusdan esa «Manchester Yunayted» jamoasi darvozabonlari bilan ishlab kelmoqda.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Yos van DeykLavozimi: Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy
Tug‘ilgan sanasi:
Tug‘ilgan joyi: Gollandiya
Van Deyk sport sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan mutaxassis, fitnes-murabbiy va fiziolog. U mahsus dastur asosida Lui van Gal bilan hamkorlikda bir qancha jamoalarni tayyorlab kelmoqda. So‘ngi 6 yil davomida van Gal bilan hamkorlikda «AZ», «Bavariya» va Gollandiya terma jamoalarida ishlagan.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Maks RekersLavozimi: Analitik
Tug‘ilgan sanasi:
Tug‘ilgan joyi: Gollandiya
Ushbu inson van Gal aytib o‘tganidek «kompyuter inson». Rekers turli texnikalar yordamida jamoaning uchrashuvlarini tahlil qilish bilan shug‘lanadi. «Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal bilan «AZ», »Bavariya» va Gollandiya terma jamoasida birga ishlab kelmoqda.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Uorren Garton DjoysLavozimi: O‘rinbosarlar murabbiyi
Tug‘ilgan sanasi: 26.01.1965
Tug‘ilgan joyi: Oldxem, Angliya
Uorren Djoys 1965 yil 26 Oldxem shahrida tavallud topgan. Otasi Uolter Djoys «Barnli», «Blekbern» va «Oldxem» jamoalarida to‘p surgan. Futbolchilik faoliyatini 1981 yilda «Bolton» yoshlar jamoasida boshlagan. So‘ngra asososiy tarkib safiga qo‘shilgan 1987 yilga qadar umumiy hisobda 221 uchrashuvda ishtirok etgan va 21 marotaba raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan.
1987 yil oktabrda boshlab «Preston» tarkibiga qo‘shilgan. «Preston» takibida 208 uchrashuv o‘tkazgan Djoys jamoa sardori sifatida ham bir qator uchrashuvlarda ishtirok etgan.
Keyinchalik 1992 yilda «Plimut», 1993 yilda «Barnli» jamoalaarida ham to‘p surgan.
1996 yilda ijara asosida «Xall Siti» safiga o‘tgan Uorren keyinchalik jamoa bilan to‘liq shartnoma imzolagan. «Yo‘lbarslar» tarkibida 170 uchrashuv o‘tkazib 19 to‘p kiritgan. 1998 — 2000 yillar orasida Djoyso‘ynovchi murabbiy sifatida ham «Xall Siti» tarkibida faoliyat olib borgan. Faoliyatini yakunlagandan so‘ng 2000 yilda «Xall Siti» tarkibini tark etgan va 2000 yildan boshlab «Lids», «Stokport Kaunti» va «Tranmere Rovers» jamoalarida murabbiy bo‘lib ishlagan.
2006 yil 11 sentabrda esa belgiyaning «Antverpen» jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2008 yil 26 mayda Djoys «Antverpen» jamoasini tark etib «Manchester Yunayted» o‘rinbosarlar jamoasiga ishgan o‘tdi. U o‘rinbosarlar jamoasida bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsherga yordam bera boshladi. Sulsher 2011 yil yanvarda «Myolde» jamoasiga o‘tib ketgach, Djoys o‘rinbosarlar jamoasining bosh murabbiyiga aylandi.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Niki BattLavozimi: O‘rinbosarlar murabbiyi yordamchisi
Tug‘ilgan sanasi: 21.01.1975
Tug‘ilgan joyi: Manchester, Angliya
Niki Batt 1975 yil 21 yanvarda Manchester shahrida tug‘ilgan. Mashhur «Yunayted» akademisining «Klass-92» bitiruvchilaridan. 1993 yildan 2004 yilga qadar «Manchester Yunayted» jamoasi safida markaziy yarim himoyachi sifatida to‘p surgan. Jamoa tarkibida Batt 6 marotaba Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. 3 karra Angliya Kubogi va Angliya Superkubogi sohibi, shuningdek UEFAChempionlar ligasi va Qit’alaro Kubogi sohibi. «Qizil iblislar» tarkibida 387 uchrashuvda ishtirok etib 26 ta to‘p kiritgan. 2004 yil yozida «Nyukasl» jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgan va 2010 yilga qadar to‘p surgan (2005-06 yilgi mavsumda «Birmingem» jamoasida ijara asosida). «xakkalar» tarkibida «Intertoto-2006» va Chempionship-2010 g‘olibi. Angliya terma jamoasi tarkibida 39 uchrashuvda ishtirok etgan. 2009-10 mavsum yakuniga yetgach faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan. Lekin, 2010 yil 23 noyabrda futbolchilik foliyatini qayt tiklab Gonkongning «Saut Chayna» jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2012 yil 21 oktabrda ser Aleks Fergyuson taklifiga binoan murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritib «Old Trafford» ga o‘rinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi Uorren Djoysga yordamchi etib tayinlangan. 2014 yil aprael oyida ma’lum muddat davomida Rayan Giggz boshchiligidagi murabbiylar shatabidan o‘rin olgan.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Pol MakginnessLavozimi: 18 yoshgacha bo‘lgan jamoa murabbiyi
Tug‘ilgan sanasi: 02.03.1966
Tug‘ilgan joyi: Manchester, Angliya
Pol Makginness 1966 yilda 2 mart kuni Manchester shahrida tavallud topgan. U «Manchester Yunayted» ning afsonaviy futbolchi va murabbiyi Vilf Makginnesning o‘g‘li hisoblanadi. Pol 18 yosh jamoasi murabbiyi bo‘lishdan tashqari «Yunayted» akademiyasida 17-21 yoshlilar jamoasi futbolini rivojlantirish masalalri bo‘yicha direktori o‘rinbosari vazifasida ham faoliyat yuritadi. Uning jamoa tizimida yosh futbolchilarni yetishtirib chiqarishdagi o‘rni juda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek Pol Makginness «Loungbor» Universitetining sport fakulteti doktori unvoniga loyiq topilgan.
Jamoa / Murabbiylar shtabi / Brayan MakkleyrLavozimi: «Manchester Yunayted» futbol akademiyasi direktor
Tug‘ilgan sanasi: 08.12.1963
Tug‘ilgan jyoi: Erdri, Shotlandiya
Brayan Makkleyr 1963 yil 8 dekabrda tavallud topgan. 11 yil mobaynida (1987-1998) futbolchi sifatida «Manchester Yunayted» jamoasida to‘p surgan. Dastlabki futbolchilik faoliyatini esa «Aston Villa» da boshlagan, so‘ngra 1981 yil avgust oyida Shotlandiyaning «Mazervell» jamoasiga o‘tgan. Futbol bilan bir qatorda Glazgo universitetida matematikadan ham saboq olgan. 1983 yil iyun oyida «Seltik» jamoasi bilan 75 ming funtga shartnoma imzolagan. 1985 yil Shotlandiya kubogi sohibi va 1986 yildamamalakat chempioni. Kelgusi mavsumda esa Shotlandiyada «Yil o‘yinchisi» mukofotini qo‘lga kiritgan.145 uchrashuvda ishtirok etgan Brayn 99 gol muallifiga aylangan. 1987 yilda «Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Aleksa Fergyuson uni «Old Trafford»ga chorlagan va futbolchi uchun jamoa 850 ming funt mablag‘ sarflagan.
Brayan Makkleyr «Old Trafford» da o‘zining iqtidorini namoyon qila oldi. «Yunayted» jamoasi tarkibida o‘tkazgan dastlabki mavsumida 24 gol muallifiga aylangan. 90-yillar boshida Mark Xyuz bilan birgalikda «Yunayted» jamoasining yutuqlariga katta xissa qo‘shgan.
Brayan «Yunayted» tarkibida Angliya kubogining ikki kara g‘olibi,4 karra Angliya chempioni, Kubok egalari kubogi va Liga Kubogi musobaqalarida g‘alaba qozongan.
Brayan 1998 yilda «Yunayted» jamoasini tark etib Shotlandiyaning «Mazervell» jamoasida faoliyatini davom ettirdi. Brayan Kidd bilan birgalikda «Blekbern Rovers» jamoasiga murabbiylik qildi. 2001 yilda esa Makkleyr «Old Trafford» ga qaytib yoshlar jamoasida murabbiy bo‘lib ishladi. Xozirgi kunda esa «Manchester Yunayted» futbol akademiyasi bosh direktori.