«Ko‘z oldingizda yosh talantlarni mega yulduzlarga aylanishini ko‘rish bu futboldagi eng yoqimli holatlardan biri».
U eng sirli murabbiylardan, u haqda o‘nlab filmlar su'ratga tushirilgan, u son-sanoqsiz intervyular bergan va «O‘z hayotining murabbiyi»degan avtobiografik kitob yozgan. Ammo Fergyusonning aslida kimligini tushunib yetish juda qiyin, agar umuman iloji bo‘lsa.
Britaniya futbolinng ramzi- Aleks Fergyuson 1941- yil 31 dekabr kuni Shotlandiyada (Govak, Glazgo) tavallud topgan. Tumanli Albionda shunday afsona borki, Fergyuson tug‘ulganida uning peshonasida «buyuk trenerlik tamg‘a» si ko‘rinib turar edi. Bu afsona «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyusonni o‘zi ham tasdiqlaydi. U hayotining burilish nuqtalari deb, g‘ayrioddiy tasodiflarni misol qilib keltiradi.
O‘yinchilik karyerasi.
Glazgoning oddiy kema quruvchilari oilasida Ikkinchi Jahon urushining o‘rtasida tavallud topgan bolada g‘ayrioddiy qobiliyat borligini hech kim bilmas edi.
1960-1964: «Sent Jonston», 1964-1967: «Danfermalin», 1967-1969: «Reynjers», 1969-1973: «Falkirk», 1973-1974: «Eyr Yunayted»(hammasi Shotlandiya)
Ser Aleks Fergyuson o‘zining futbolchilik karyerasida «Kvinks Park», «Sent Jonson», «Danfermalin», «Glazgo Reynjers», «Falkirx» va «Eyr Yunayted» kabi klublarda o‘ynagan. Ammo, Futbolchi karyerasi unga katta omad olib kelmagan.
Buyuk shaxs alomatlarini «Fergyuson futbolchida» ko‘rish qiyin. Provinsial «Kvinks Park»dan to «Glazgo»ga qadar og‘ir yo‘lni bosib otgan Fergyuson katta nomga sazovor bo‘la olmagan. Bir muncha vaqtdan so‘ng Fergyuson o‘zining aksi ichki tomonini ko‘rsatib o‘zining futbol klubi muhlislari uchun «yovuz geniy»ga aylandi. «Reynjers»ning azaliy raqibi «Seltik»dan qabul qilgan mag‘lubiyati (0:4) buning asosiy sabablaridan edi. Bu o‘yin 1969- yil Shotlandiya Kubogining finalida bo‘lib o‘tgan edi. Aynan shu o‘yinda Fergyuson «Reynjers»ning hujumchisi bo‘lib hech narsa qila olmaydi. Klub ma'muriyati va Fergyusonning jamoadoshlari hamma aybni Fergyusonga to‘nkashadi. Fergyuson ayni shu paytda taqdirning birinchi imlosini ko‘radi va murabbiylik lavozimi haqida chuqur o‘ylashni boshlaydi. U keyin «Falkirk», «Eyr Yunayted» jamoalarida o‘ynashni davom ettiradi.
Murabbiylik lavozimini ilk bor 1974 yil sinab ko‘rdi.
Murabbiylik karyerasi
Fergyuson 32 yoshida futbolchilik karyerasini tugatib «Ist Stirling» jamoasini menejer sifatida 1974 yilning iyulida qabul qiladi. Keyin esa «Sent-Mirren» va «Aberdin» jamoalarida ham menejerlik lavozimida ishlab kelgan va tajribali murabbiy nomini qozongan. 8 mavsum ichida Fergyuson «Aberdin»ni uchta chempionlik tituliga, to‘rtta Shotlandiya Kubogi va Shotlandiya ligasining kubogiga erishtiradi.
Murabbiylik karyerasi iyul-oktabr 1974-yil: «Ist Sterling» (o‘ynovchi murabbiy), oktabr 1974-yildan 1978-yilning apreligacha: «Sent-Mirren», 1978-yilning iyunidan 1986-yilgacha «Aberdin» (hammasi Shotlandiya), 1986: Shotlandiya terma jamoasi.
U shotlandiya chempionatida ikkita gigant jamoa monapoliyasiga chek qo‘yishga erishdi — «Seltik» va «Reynjers». Fergyuson port shahardan bo‘lgan «Aberdin» klubini uch bor Shotlandiya chempioni va to‘rt bor Shotlandiya kubogi sohibiga aylantirdi. 1983-yili «Aberdin» jamoasi kutilmaganda Kubog egalari kubogida g‘olib chiqadi va Fergyusonni butun qit'a miqyosida tan olishadi. Bu o‘ziga ishonuvchan murabbiyni Shotlandiya terma jamoasiga taklif qilishadi. O‘sha paytda Shotlandiya termasini boshqarib kelgan Jek Steyn vafot etgan edi. U rozi bo‘ladi. Lekin uning kelishi bunday achinarli hodisa tufayli bo‘lgani bu yana bir belgi edi va Fergyuson bu qaroroni xato ekanligini tushunib yetdi. Shundan keyin u Manchesterga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda chetdan kelgan murabbiyni uncha yoqtirishmaydi.
«Mancheter Yunayted»
Fergyuson o‘zining tarjimayi holida shunday yozib qo‘ygan: «Mening oilam bu ko‘chib o‘tishga qarshi edi. Lekin MYu men uchun oddiy bir jamoa emas — butun bir missiya edi»1986-yil
1986-yil 6-noyabrda Ser Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted»ni qabul qilib oladi. «MYU — buyuk jamoa» so‘z birikmasi Aleks Fergyuson Manchesterga kelmasidan oldin unchalik ham aktual emas edi.
Ron Atkinsonni ishdan bo‘shashidan so‘ng, klub raxbariyati Fergyusonga klub menejerligi lavozimini egallash taklifi bilan chiqadilar. 1986-yil 6- noyabrda Fergyuson «Manchester Yunayted»ni qabul qilib oladi va darhol ishga kirishadi. U birinchi o‘yindan so‘ng («Oksford» klubida mag‘lubiyat 0:2) yechinish xonasida o‘zini butun Angliyaga mashxur davatlarini boshlaydi. Shundan so‘ng aroq ichishga taqiq qo‘yiladi. Mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida kelish, dieta va intizomga qattiy e'tibor berila boshlanadi. «MYU — buyuk jamoa» so‘z birikmasi Aleks Fergyuson Manchesterga kelmasidan oldin unchalik ham aktual emas edi. Met Basbi murabbiylik qilgan ajoyib «MYU» tomonidan qo‘lga kiritligan sovrinlar, allaqachon chang bosib qolgan edi. «Qizil Iblislar» Angliya chempionatini 1967-yildan beri yutishmagan edi. Xatto bir yilga ikkinchi divozionda o‘ynashga ham ulgurishdi. «Old Trafford»dagi o‘rtacha muxlislar tashrifi 40 000 ga tushib ketgan edi. Jamoa «havfli zona»da joylashgan edi. Klubning yulduzli yoshlari esa(«MYu» har doim boy klub bo‘lgan) o‘zlarining yarim baholariga ham o‘yin ko‘rsatmas edilar.
Aleks Fergyusonga «MYU»ga o‘tish hech qanaqa moliyaviy foyda bermas edi. Fergyuson o‘zining tarjimayi holida shunday yozib qo‘ygan — «Mening oilam bu ko‘chib o‘tishga qarshi edi. Lekin MYu men uchun oddiy bir jamoa emas — butun bir missiya edi» ammo, Fergyusonning komandani qiyin vaziyatdan chiqarish orzusi o‘z foydasini bermaydi. «Old Trafford» tribunalaridan: «Fergyu yoqol!» — degan hayqiriqlarni eshitish mumkin edi. Fergyusonga umuman o‘ziga nisbatan ishonchni yoqotgan, g‘oliblikka ishonmaydigan jamoa meros bo‘lib qolgan edi. Birinchi divizionning ohirgi o‘rinlarida turgan jamoani, quyi ligaga tushib ketmasligi uchun Fergyuson keskin qarorlar qabul qilishi zarur edi.
Fergyuson transfer bozoriga murojat qilmagan holda jamoani, jadval bo‘ylab yuqoriga olib chiqdi. «Manchester Yunayted» mavsumni 11-pog‘onada yakunladi. Ana endi Fergyuson klub bilan jiddiy ishlayotgani ko‘ringan edi. Yunayted yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan edi, lekin tez oradi jamoaning yuqori natijalar ko‘rsatishiga hech kim ishonmas edi. Uning MYudagi ikkinchi mavsumida jamoa chempionatning ikkinchi o‘riniga chiqidi.
1989-1990
1989/90 yilgi mavsumda hammasi o‘zgarib ketdi.
Raundma-raund «Yunayted» musobaqadan hamma jamoani chiqarib yuborar edi, oqibatda klub Fergyuson erasining birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Li-Martin Angliya kubogi finalidagi yagona golga mualliflik qildi. «MYu» 1-0 hisobida g‘alaba qozondi. «Manchester Yunayted» — angliya kubogi sohibi.
Keyingi mavsumda «Yunayted» Rotterdamda Kubog egalari kubogi finalida «Barselona»ni 2-1 hisobida mag‘lub etdi. Bu o‘yinda Mark Xyuz o‘zining sobiq jamoasi darvozasiga hal qiluvchi golni kiritdi. Keyin 1991/92-yilgi mavsumda «Yunayted» sovrinlar ro‘yxatiga Liga Kubogini ham qo‘shib qo‘ydi. Ammo, hali hamon chempion bo‘lish orzusi ushalmagan edi. Bu klub fanatlari uchun eng qimmtli sovrin edi. 26 mavsumdan beri chempionlik unvonisiz, ichki va Yevropa arenasida hukumronlik qilayotgan «Liverpul»ni soyasida yurish fanatlarni joniga tekkan edi.
1992-1997
1992/93-yilgi mavsumda MYuning liga g‘olibligi haqidagi orzulari ro‘yobga chiqdi. «Yunayted» 1 million funt evaziga Erik Kantona bilan shartnoma imzolaydi va chempionatda birinchi o‘rinni egallaydi. MYu o‘zining yaqin taqibchisi — «Aston Villa»dan birinchilikning so‘nggi turlarida o‘zib ketadi. Pochin qilingan edi. Shundan so‘ng 1993/94-yilgi mavsumda dubl, ikkinchi dubl 1996/97-yilgi mavsumda, 1996/97-yilgi mavsumda yana bir chempionlik. Va nihoyat «Yunayted» Yevropaning eng nufuzli kubogi — Chempionlar Ligasi Kubogi haqida o‘ylasa bo‘lar edi.
1998-2003
Ser Aleks Fergyusonning buyuk natijasi 1998/99-yilgi mavsumda qayd etildi. Dunyoning hech bir jamoasi oldin ham, keyin ham bir mavsumda qatorasiga: Premyer ligani, Angliya Kubogini va Chempionlar ligasini yutmagan edi. Esdan chiqmaydigan Barselona oqshomida super-zahira o‘yinchilari Teddi Sheringem va Ole Gunnar Sulsher «Bavariya» darvozasiga qo‘shib berilgan daqiqalarda bittadan to‘p kiritishadi. Bu ikki gol dramatik kechgan uchrashuvda MYuga 2-1 hisobidagi g‘albani va Chempionlar ligasi kubogini keltiradi. Shundan so‘ng Fergi ritsarlik unvoniga loyiq ko‘rildi va Ser Aleks Fergyusonga aylandi. Bu uning Britaniya futboli rivojiga qo‘shgan xissasi uchun edi. «Yunayted» 1999/2000 -yili yana mavsumda eng kuchlisi bo‘ldi. 2000/01-yilgi mavsumda esa uchinchi bor ketma-ket chempionlikni nishonladi. Sakizinchi chempionlik 2002/03-yilgi mavsumda qo‘lga kiritildi. Bir yil o‘tib esa Kardifda «Miluol»ga qarshi uchrashuvda to‘rtinchi Angliya kubogi qo‘lga kiritildi.
Shundan so‘ng «Yunayted» yosh futbolchilarni qayta tarbiyalash davriga keldi. 1995/96-yilgi mavsumda klubga kelgan yulduzlar klubni tark etishgan edi. Shuning uchun klubga yangi yosh o‘yinchilar Ueyn Runi va Kristiano Ranaldo kirib keldi. Ular Ser Aleks Fergyuson jamoasini yangi g‘alabalarga olib kelishdi.
2005-2006
Ser Aleks Fergyuson 2005/06-yilgi mavsumda liga Kubogi finalida «Uigan Atletik»ni 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan so‘ng bu g‘alaba yangi yutuqlar erasini boshlashiga ishonishini aytib o‘tdi. «Chelsi» yangi yulduzlarni sotib olayotgan paytda Fergyuson «Manchester Yunayted» bilan yangi yutuqlar sari tayyorlanayotgan edi.
2007
Fergyuson jamoasini yana bir bor ichki chempionatda ham, Yevropa maydonlarida ham yuqori cho‘qiga olib chiqishni istayotgan edi.
Ueyn Runi va Kristiono Ronaldo singari yosh o‘yinchilarga, tajribali va shakillangan futbolchilarga qarshi kurashish qiyin, lekin yigitlar bundan tap tortishayotgani yo‘q — den aytib o‘tdi Aleks Fergyuson.
Klub miqyosida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan Fergyuson ishdan bo‘shashni o‘ylab qoldi. Endi klub derektorlari va aksionerlariga uni qolishini so‘rab yalinishga to‘g‘ri keldi. Katta qiyinchilik bilan Fergyusonni o‘z joyida saqlab qolishga erishildi. U g‘olib-jamoa bilan birgalikda Angliyadagi yosh o‘yinchilar tayyorlaydigan eng kuchli baza yaratishga erishdi (uning muvaffaqiyatlari kaliti ham shunda bo‘lsa kerak!) yil sayin «Yunayted» Angliya transfer rekordlarini yangilab kelmoqda. Hozirgi va sobiq «qizil iblislar» nomlari: Roy Kin, Devid Bekham, Stam, Giggz, York, Skoulz, Sheringem, aka-uka Nevillar. Bu nomlar dunyoning hamma chekkasida mashxur.
Shu bilan birgalikda «Mancheter» allaqachon oddiy klub darajasidan chiqib ketdi.
Bu haqiqiy futbol imperiyasidir. Bu imperiyada o‘zining «Moliya vaziri», «Kadrlar boshqaruvchisi» va «Havfsizlik xizmati» mavjud. «MYu» futbolchilari maoshlari tasavvur qilib bo‘lmas darajada ko‘tarilib ketdi. Asosiy tarkibga tushish degani, bu multimillionerlar qatoriga qo‘shilish degani.
O‘z-o‘zidan savol tug‘ilada Fergyuson millionerlar jamoasidagi o‘yinchilarda qanday qilib ishtiyoq uyg‘ota oladi?
Uning boshqarish usullarida, hech qanday g‘ayrioddiy narsa yo‘q. Ser Akeks Fergyuson mashg‘ulotlarni, uni yordamchilari olib borishini yashirmaydi. «Boshliq»ni o‘zi allaqachondan beri mashg‘ulotlar o‘tkazmaydi, lekin hammasini o‘zi tekshirib turadi. Shundan so‘ng individual suhbatlar olib boradi… Fergyuson hech narsani e'tiboridan chetda qoldirmaydi, shuning uchun futbolchilar uni Lochin deb atashadi.
Tartib masalasida Fergyuson, ancha liberal rahbar.
U futbolochilarga ko‘p narsalarni qilishga ruxsat beradi. Misol uchun: yotoqqa nonushta buyurtma berish yoki xotini va dugonasini yi'g‘inlarga birga olib borish.
Bunday usul o‘zini anchadan beri oqlab kelyapti. Klub hozircha g‘alaba qozonyapti. Murabbiy o‘yinchilari pulga qarta o‘ynashlarida ham, hech qanday yomon tarafini ko‘rmaydi. Yigitlar chetga ko‘p chiqishadi, bu chiqishlar davomida vaqtni qandaydir o‘tkazish kerak-ku.
Boshqa tarafdan olib qarasak Fergyuson jamoada hammani teng ko‘radi.
Devid Bekxem ta'tilni uch kunga cho‘zishni so‘raganida Fergyusonning rad javobi bunga yorqin misol bo‘lishi mumkin. Fergyuson bilan ziddiyatga borish xavfliligini hamma yaxshi biladi, Fergyuson Britaniya futboli timsoli Devid Bekxemning yuziga butsa otishdan ham o‘zini tiymagan.
«Yunayted»da Fergyuson uchun undan boshqa mavqei yuqoriroq odam yo‘q deb e'tirof etiladi. Ammo, bunga qaramay u kuniga 18-soat ishlashni davom ettiraveradi.
Hayotidan faktlar
Fergyuson extirosi
Fergyusonning futboldan keyingi ikkinchi ehtirosi bu otlar poygasidir. U bir nechta poygachi otlarga ega, ularning har biri 10000 funtdan arzon emas. 2001 yil Fergyuson Skala Gibraltar otiga 120000 funt to‘lagan edi. O‘shanda Fergyuson: «Bu ot Devid Bekxem va Verondan ham tez yuguradi, lekin ulardan ancha arzon» degan edi.
Fergyusonda otasi va bobosi kabi hech qachon bo‘sh vaqtida shotland viskisini ichish odati yo‘q. U musallasning eksperti bo‘la turib hech qachon uni ko‘p ichmaydi va Frenk Senator, Net King Koul ovozi ostidagina ozgina iste'mol qilishi mumkin.
Uning fikricha Manchesterda o‘tkazgan har bir kuni bu baxtdir. Aleks o‘zini baxtidan yuz o‘garadigan odamlarni uchratmagan deb e'tirof etadi.