Жамоа /

Newton Heath

Xammasi aslida Lankashir va Yorkshir temir yo‘llari ishchilari o‘rtasida o‘zaro bo‘lib o‘tadigan musobaqalardan boshlandi.

An’anaviy tarzda o‘zaro o‘tkaziladigan maxalliy musobaqalarda temir yo‘l ishchilari ma’lum bir sovrinni ko‘zlab emas, aksincha o‘z xuzurlari va salomatliklari uchungina to‘p surishar edi.

1888 yil tumanda futbol ligasi tashkil etilishiga qaramasdan, «Nyuton Xit» jamoasi (temiryo‘lchilar) «Blekbern Rovers» va «Preston Nort End» jamoalaridan farqli o‘laroq, o‘zlarini makzkur futbol ligasiga mos emasliklarini, ushbu ligaga a’zo bo‘lishga loyiq emasliklarini ta’kidlab, Ligaga a’zolik badalini to‘lashdan bosh tortishdi.

«Nyuton Xit» jamoasi uchun professional futbol eshiklari 1892 yilga kelib ochildi.

XX asr boshlariga kelib, jamoani iqtisodiy muammolar ta’qib qila boshladi. Barchaning nazarida jamoaning taqdiri deyarli xal bo‘lgandek edi. Ammo, maxalliy mulkdorlardan biri Djon Genri Deyvis o‘z vaqtida jamoa joniga oro kirdi. «Nyuton Xit» boshlig‘i janob Stafford, mulkdor Deyvis bilan tasodifan kurishib koladi va jamoa muammolari xaqida so‘z ochadi va shu tariqa jamoa ishlari yaxshi tomonga o‘zgara boshlaydi.

Agarda Lankashir va Yorkshir temir yo‘llari bo‘linmasi ishchilari bo‘lmaganida, balki xozirgi «Manchester Yunayted» klubi xam bo‘lmasmidi.

«Nyuton Xit» futbol jamoasi 1878 yil xaroba «Nyuton Xit Manchester» tumanida istiqomat qiluvchi oddiy qora ishchilar tomonidan tashkil etilgan.

«Tilchilar» nomi bilan mashxur bulgan bu jamoa o‘yinchilari futbol o‘ynashni juda xam xush kurar va jamoada to‘p surish uchun xatto xaq tulashga xam rozi edilar. Ishchilarning bu urinishi va ishtiyoki jamoani o‘z tumanidagi kuchli futbol jamoasiga aylantirdi. Tumanda o‘zlariga munosib rakib qolmagach, «tilchilar» ko‘shni tumanlardan rakib izlay boshlashdi.

1895 yilga kelib jamoa «professional klub» maqomiga ega bo‘lgach, «Nyuton xit» tarkibga boshqa jamoalar va tumanlardan futbolchilarni jalb qila boshladi. O‘zga tuman va jamoalardan chaqirilgan futbolchilarga, temir yo‘l bo‘linmalarida doimiy ishlashdek imtiyozlar taqdim etilishi va’da qilindi.  

Nixoyat, 1892 yil «Nyuton Xit» jamoasi Futbol ligasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi va ma’suliyati cheklangan jamiyatga aylandi.

Yillar o‘tgan sayin jamoa ishlari ortga keta boshladi. Mamlakatda yuz berayotga iqtisodiy qiyinchiliklar jamoani chetlab o‘tmadi. 1902 yilga kelib jamoa faoliyati moliyaviy inqiroz tufayli jar yoqasiga kelib qoldi.

Tarxchilarning yozishiga qaraganda «Nyuton Xit» boshlig‘i Garri Stafford jamoani qutqarib qolish uchun zarur bo‘lgan 1000 funtni topish maqsadida kim oshdi savdosini tashkil etadi va aynan mana shu kim oshdi savdosi paytida o‘zining sevimli kuchuk bolasini yo‘qotib qo‘yadi va shu boxona biznesmen Djon Deyvis bilan tanishadi. Gap shundaki, Garri Staffordning kuchugi tadbirkor Djon Deyvisning xovlisidan topiladi. Garri Stafford Deyvisga minnatdorchilik bildirar ekan, «Nyuton xit»ning muammolari xaqida so‘z ochadi. Jamoa kelajagiga umid bog‘lagan tadbirkor, yana bir qancha tadbirkorlar bilan birgalikda kelishgan xolda, jamoaning qarzlarini to‘lab, 1902 yil butunlay yangi jamoa tashkil etishadi va unga yangi nom berishadi. Shu tariqa, afsonaviy «Manchester Yunayted» jamoasi dunyoga keladi.

Butun tarixni yoritishga saxifamizni o‘zi yetmaydi. Men shunchaki buyuk bir jamoaning oq-qora va og‘ir o‘tmishidan bir parcha keltirdim xolos. Balki bu ma’lumotlar siz uchun yangilik emasdir, ammo bugun shu xaqda yozishga qaror qildim. Xozirgi kunga kelib transfer olamida «portlash» qilayotgan, aql bovar qilmas xaridlarni amalga oshirayotgan Manchester Yunayted taqdiri, qachonlardir 1000 funt(1600$) bilan xal bo‘lganligi bugungi kunda xammamizga erish tuyuladi.

Ser Aleks Fergussonning quyidagi so‘zlari bugungi mavzuimizga vaqtincha nixoya yasaydi.

«Xaqiqiy chempionlar bu — bir uchrashda mag‘lub bo‘lib, keyingisida albatta g‘alaba qozonib, aslida nimalarga qodir ekanliklarini isbotlay oladiganlar».