Manchester Yunaytedning mashgʻulotlar bazasi Karrington markazi— bu Manchester Yunaytedning zamonaviy shugʻullanish bazasi boʻlib, eski baza Kliff oʻrnini egallashi uchun 2001-yilda qurilgan.
U Kerringtonda, Old Trafforddan gʻarbiy tomon boʻylab 6 mil uzoqlikda joylashgan. Qurilma 70 akrlik maydonni egallagan boʻlib, 14 ta har xil hajmdagi maydonlar bilan fahrlansa arziydi.
Kompleksning ichida shugʻullanish maydoni va qayta qurilgan maydon, fizioterapiya, massaj xonasi, davolanish va gidroterapevtlik basseyni joylashgan.
Shuningdek, basketbol va skvosh uchun moʻljallangan maydonlar, sauna, banya, atletika uchun zal, oʻyinchilar va xizmatchilar uchun restoran, konferens zallari, idora va sinflar joylashgan. Hattoki oʻyinchilardan «MUTV» (klub telekanali) intervyu olishi uchun alohida xonalar ham ajratilgan. Ommaviy axborot hodimlari bu yerni «Kerrington minorasi» deb atashadi, chunki butun maydon 2,4 km lik devor bilan oʻralib, raqib shpionlari va qiziquvchan Ommaviy axborot hodimlaridan saqlanish uchun 30000 ta daraxt ekilgan. 2003 yilda Manchster Siti klubi oʻzining mashgʻulotlar bazasini qurdi. Bu baza ham Kerringtonda boʻlib, Yunayted bazasiga juda yaqin joyda qurilgan.
Ilgari Yunaytedning shugʻullanish bazasi Kliff bolib, Irvel daryosi boʻyida boʻlgan va Salfordda joylashgan edi.
U yerda ochiq maydon, yopiq maydon, atletika uchun zal, shugʻullanish maydoni, sport holi va jiddiy jarohatlarni davolash moslamalari mavjud. Kerrington markazi mana shu baza bilan oʻrin almashdi.