Янгиликлар /

Moyes: Runi Charltonning rekordini yangilay oladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa hujumchisi Ueyn Runiga yuqori baho berib o‘tdi.

«Menimcha Ueyn jarohatga uchramasa, Charltonning rekordini yangilay oladi. U shu saviyada o‘ynashda davom etaversa, yangi rekordlarga yaqinlashaveradi. O‘tgan mavsum Runi uchun jamoada ham, terma jamoada ham yaxshi kechgandi. Umid qilamanki, u mana shu rekordlarni o‘rnata oladi. Chunki bunday ajoyib natijalar bilan Runi jamoamiz afsonasiga aylanishi mumkin», — deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi Charltonning 249 goldan iborat rekordini takrorlashi uchun «Manchester Yunayted» tarkibida 47 ta gol urishi kerak. Terma jamoada esa Charlton 49 gol kiritgan va Runidan 11 ta gol talab qilinadi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.