Янгиликлар /

Moyes: Runi dam olishi kerak

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa hujumchisi Ueyn Runining jismoniy formasihaqida gapirib o’tdi.

«Men uningterma jamoa safida ikkala o’yinda ham ishtirok etishini bilardim, lekin uningmaydonda bu qadar ko’p o’ynashini xayolimga ham keltirmagandim.

Men Ueynterma jamoada oz bo’lsa-da dam olish imkoniyati bo’lishiga umid qilgandim, ammotarkibni Roy Xojson tanlaydi va o’rtoqlik uchrashulari u uchun muhim. Shusababli men uning qarorini hurmat qilaman.

Biroq endiRuniga mavsum davomida dam olish imoniyatini o’zim berishim kerak. Uningholatini ko’rib qaror chiqaraman.

Ehtimol bu martda o’tadigan Daniya bilan uchrashuv vaqtida bo’lar,lekin Ueyn unda ham ishtirok etishni istashiga ishonchim komil.

Martgacha mening jamoam ham 25-30 o’yin o’tkazib ulguradi, shuninguchun terma jamoaga Runiga hordiq olish imkoniyatini bering deb aql o’rgatmoqchiemasman.

Ehtimol o’zim yaqin ikki oy ichida unga ma’lum vaqt ta’til berarman», – deydiMoyes
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.